Camarqandda ayni vaqtga kelib 140 mingdan ziyod iste'molçilar elektr energiyasini hisoblaşning mutlaqo yangi texnologiyasi – elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)ga ulandi.
Natijada mazkur hudud iste'molçilarida ASKUE tizimini joriy etilişi bilan debitor qarzdorliklarni undirilişi, iste'molçilardan elektr energiyasi iste'moli töğrisida ma'lumotlar olinişi hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari oldi olinişi masalalari sezilarli darajada yaxşilandi.
Xöş, elektr energiyasini hisoblaşning yangi tizimi oldingilaridan nimasi bilan farq qiladi?
Eng avvalo, mazkur tizim töliq yölga qöyilgaç, elektr energiyasi yetkazişda çeklov bölmaydi. Çunki yangi loyiha har bir hudud uçun elektr sarfini onlayn tarzda aniq körib turiş imkonini beradi. Şunga asosan kerakli miqdorda energiya yetkazib berilaveradi. Elektr ta'minotini bir maromda bajariş yölga qöyiladi. Qaysi hududda kuçlaniş yuqori, qaysi hududda yetarli emas, barçasi nazoratga olinib me'yoriy holat uşlab turiladi. Ilgari esa elektr sarfi taxminan belgilanib şuning hisobiga uzilişlar röy berardi.


Yuqoridagi onlayn nazorat öz örnida tizimda zöriqişlar natijasida yuzaga keladigan enegiya yöqotişni ham maksimal darajada pasaytiradi.
Iste'molçilar esa tölovni “click” orqali qöl telefonidan ötkazib qöyaqoladi. Ya'ni iste'molçilar bank yoki elektr ta'minoti korxonalari borib, navbatda turib tölov qilişlariga hojat qolmaydi. Soha xodimlari yoxud MIB nazoratçilarning taşrifi, hisoblagiç körsatgiçlari bilan tanişiga hojat yöq.
Umuman, uşbu tizimning eng katta qulayliklaridan biri – işda inson omilining nihoyatda past ekanligida. Ikkinçidan, hisoblagiç örnatilgaç, tizimga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam oçiladi. Iste'molçilarga SMS xabar orqali barça ma'lumotlar avtomatik tarzda yetkazib turiladi. Mobil telefon raqamiga ulanişi tölovni uydan çiqmay “online” rejimida amalga oşiriş imkonini beradi. Eng muhimi, “şaxsiy kabinet” orqali har bir iste'molçi qança elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turiş imkoniga ega böladi.


Uşbu «Aqlli» hisoblagiçlarning yana bir xususiyati şundaki, ma'lumotlarni soxtalaştirişga uriniş, ya'ni hisoblagiçga ta'sir ötkaziş holatlari yuzaga kelsa darhol öçadi va tizimga xabar jönatadi. Şuningdek, energiya tölovi tölanmagan taqdirda masofadan öçiş xususiyatiga ham ega. Uşbu hisoblagiçlar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan ötkaziladi.
Samarqandning Past Darğom tumanida ötkazilgan sinov işlarida ham ana şu xususiyatlar yana bir bor körib çiqildi. Mazkur tumanda 15 000 abonent ESKUE tizimiga ulangan bölib Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi xodimlari, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, “Samarqand elektr tarmoqlari korxonasi” vakillari iştirokida ötkazildi. Sinov tizimning benuqson ekanini körsatişi bilan birga yangi hisoblagiç örnatilgan hududda elektr energiyasi iste'moli 18 foizga kamayganini körsatdi. Iqtisod qilingan elektr energiyasi avariyalar yoki çeklaş natijasida emas, balki zamonaviy texnologiyalar tufayli yuzaga keldi.
– Ilgari turli sabablar bilan kuçlaniş oşib ketsa, uydagi elektr jihozlar kuyib qolardi, – deydi Samarqand şahrida yaşovçi iste'molçilardan biri. – Hozir esa, ana şu köngilsizlik biror marta röy bermadi. Faqat bir xil kuçlanişga ega elektr energiya bilan ta'minlanganmiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ vakili Ravşan Botirov quyidagiça tuşuntirib berdi:
– Mazkur hisoblagiçlar “aqlli” uskuna hisoblanib, kuçlaniş birdan me'yoridan ortiq oşib ketsa avtomatik tarzda özi öçib qoladi. Öz navbatida viloyat elektr tarmoqlari korxonasida joylaşgan markaziy kompyuter – serverga bu haqda “online” axborot paydo böladi. Umuman, markaziy server tizimning “yuragi” hisoblanib, nafaqat viloyat, balki alohida bir hudud, hatto har bir abonentning elektr iste'moli sarfi böyiça ham töliq axborot yiğib boradi. Har qanday tuşunmovçilikka şu yerdan turib javob oliş mumkin. Bugungi kunda Samarqandda 750 ming nafardan ziyod iste'molçi bölsa, serverning quvvati jami 1 000 000 nafar iste'molçiga möljallangan.
Alohida ta'kidlaş kerakki, uşbu zamonaviy elektr hisoblagiçlar iste'molçilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablağlari evaziga bepul örnatib berilmoqda.
Ayni vaqtda Samarqandda har kuni örtaça mingta abonent ana şunday zamonaviy tizimga ulanmoqda.












