2019 yilda qurilayotgan 13000 ta uydan 800 tasi, xususan, Samarqand viloyatida 176ta, Buxoro viloyatida 121ta, Xorazm viloyatida 112ta, Surxondaryo viloyatida 185ta hamda Farğona viloyatida 206ta yangi namunadagi arzon uylarga muqobil energiya manbalari – quyoş fotoelektr stansiyalari örnatiladi. Bu haqda «Qişloqqurilişinvest» tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanişiça, bu işlar Quriliş vazirligining BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda “Özbekiston Respublikasining qişloq joylarida energiya jihatdan samarali uy-joylar qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş” qöşma loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda.

Unga köra, 2019-2021 yillarda energiya jihatdan samarali arzon uy-joylar qurilişi uçun 3 mln AQŞ dollari miqdorida maqsadli grantlar ajratilişi nazarda tutilgan. Bu mablağlar energiya samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaşga yönaltiriladi. Loyihaga muvofiq, yangi arzon uy-joylar qayta tiklanadigan energiya manbalarini hosil qiluvçi fotoelektr stansiyalar bilan ta'minlanişi rejalaştirilgan.

Tadbirda qayd etildiki, qişloq joylarda quriladigan uylarga energiya tejaydigan quriliş materiallari va jihozlarini qöllaş kelgusi yillarda ham davom ettiriladi, xalqaro tajribalarni qöllagan holda takomillaştirilgan loyihalar işlab çiqiladi.











