Rossiya çempionatida 1-turning sönggi öyini – «Lokomotiv»-«Rubin» uçraşuvi durang bilan yakunlandi.

«Lokomotiv» stadionidagi öyinning 66-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyaçisi Aleksey Mirançuk hisobni oçdi. Gol urilgan daqiqada zaxiradan öyinga qöşilgan Xviça Kvaratsxeliya ön daqiqa ötib sobiq klubi darvozasini işğol etdi va hisobni tenglaştirdi.

Mazkur öyin özbekistonlik himoyaçi Vitaliy Denisovning «Rubin»dagi debyut uçraşuvi böldi. U sobiq jamoasi «Loko»ga qarşi töliq 90 daqiqa maydonda böldi. 23-daqiqada Denisov öz jarima maydonida Rifat Jyemaletdinovga nisbatan öyin qoidasini buzgan deb topildi va penalti belgilandi. Biroq Aleksey Mirançukning 11 metrlik nuqtadan zarbasi darvoza tösiniga tegib qaytdi. Vitaliy, şuningdek, 82-daqiqada sariq kartoçka ham oldi.

Rossiya Premer-ligasi
1-tur. 15 iyul
Lokomotiv – Rubin 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 66 Mirançuk, 1:1 – 76 Kvaratsxeliya.
Amalga oşirilmagan penalti: 23 – Mirançuk
Lokomotiv – Gilerme, Jivoglyadov, Serkeyra, Çorluka, Ribus, Krixovyak, Barinov, Jyemaletdinov (Ribçinskiy, 81), Mirançuk, Mirançuk, Eder (Kolomeytsev, 58).
Rubin – Dyupin, Dançenko, Uremoviç, Sorokin, Denisov, Podberezkin (Stepanov, 88), Konovalov, Mogilevets (Zakirov, 70), Başkirov, Davitaşvili (Kvaratsxeliya, 66), Markov.
Ogohlantirişlar: Uremoviç (18), Mirançuk (35), Denisov (82), Serkeyra (90), Markov (90).

12 iyul
Arsenal Tula – Dinamo 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Migel Kardozu, 1:1 – 84 Grigalava.

13 iyul
Ural – Ufa 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 14 Bikfalvi, 2:0 – 49 Bikfalvi, 2:1 – 76 Kozlov, 3:1 – 81 Bavin, 3:2 – 86, penalti Fomin.

Spartak – Soçi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+3 Jigo.

Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Şomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotoviç.

14 iyul
Krilya Sovetov – TsSKA 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 51 Sobolev, 2:0 – 58, penalti Sobolev.

Zenit – Tambov 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 46 Yeroxin, 2:0 – 48 Dzyuba, 2:1 – 71 Muyiva.

Axmat – Krasnodar 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 28 Berişa.