Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbek milliy raqs san'atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining davlat muassasasi şaklida Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini taşkil etiş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Davlat raqs ansamblining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Özbekistonda raqs san'atini yanada rivojlantiriş, bu borada şakllangan ijro va ijodiy maktablarning an'analarini, buyuk baletmeyster, balet artistlari merosini qayta tiklaş;
özbek raqs san'atining mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining “oltin fondi”ni yaratiş;
xalqimiz, xususan, yoş avlodni raqs san'ati bilan keng taniştiriş orqali ularda milliy özlikni anglaş tuyğusini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş;
raqs va xoreografiya san'ati sohasida kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaşni taşkil etişda iştirok etiş, yoş iste'dodli baletmeysterlarning samarali faoliyat körsatişi uçun şart-şaroit yaratiş;
özbek raqs va xoreografiyasi sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanişlar natijalari asosida zamonaviy raqs kompozitsiyalarini sahnalaştiriş;
özbek raqs san'atini mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda keng tarğib qiliş maqsadida Davlat raqs ansamblining milliy hamda dunyo xalqlari raqslaridan iborat konsert dasturlari asosidagi gastrol-konsert faoliyatini yölga qöyiş;
milliy raqs san'atini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoği orqali Özbekiston va çet ellarda keng tarğib etiş.
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi öz tizimi uçun budjetdan ajratilgan yillik mablağlari doirasida doimiy ravişda “Toşkent radioeşittiriş uyi”da ovoz yoziş studiyalari va texnik vositalardan Davlat ansambli uçun bepul foydalaniş va ansambl tomonidan ijro etiladigan raqslarga bastalangan musiqiy asarlarni yozib olişni ta'minlaydi.
Davlat raqs ansambli 2025 yilgaça barça soliq tölovlaridan ozod etildi.
Belgilanişiça:
Davlat raqs ansambli qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomoşa faoliyatini tegişli litsenziyani olmasdan, şuningdek, Özbekiston Respublikasida konsert-tomoşa tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oşiriş huquqiga ega;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi 458-sonli qarori bilan “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantirişning takomillaştirilgan tizimini tasdiqlaş haqida”gi qarorining 1-, 2- ilovalariga muvofiq Davlat raqs ansamblining administrativ-boşqaruv, badiiy-rahbariyat xodimlari, balet artistlari va sozandalar lavozim maoşlarini aniqlaşda bazaviy lavozim maoşlari miqdorlari 1,12 koeffitsiyentga oşirilgan holda qöllaniladi;
Davlat raqs ansambliga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarori tatbiq etilib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 20 oktyabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert taşkilotlari, ta'lim va boşqa madaniy-ma'rifiy muassasalari röyxatiga qöşiladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat raqs ansambliga 4 ta yengil avtomobil, 2 ta katta siğimli avtobus va 1 ta yuk avtomaşinasini xarid qiliş uçun mablağlar ajratadi.
Davlat raqs ansamblini moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari, öz daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.
2020-2025 yillarda Davlat raqs ansambli Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan röyxat böyiça çet eldan olib kelinadigan, mamlakatimizda işlab çiqarilmaydigan maxsus kiyim-keçak va uskunalar uçun bojxona tölovlari (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) tölaşdan ozod etiladi.
Belgilab qöyilişiça, Davlat raqs ansamblining ijroçi direktori, badiiy rahbar-boş baletmeysteri Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Davlat raqs ansamblining rahbarlik lavozimlariga (ijroçi direktor, badiiy rahbar, boş baletmeyster) nomzodlarni örganadi va belgilangan tartibda kelişiş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toşkent şahar hokimligi bilan birgalikda Davlat raqs ansamblida viloyatlardan kelib faoliyat yuritayotgan xodimlarni turar joy bilan va ularga imtiyozli kreditlar asosida uylar ajratilişini ta'minlaydi.
Özbek liboslari va milliy raqs san'ati tarixi muzeyini taşkil etiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Toşkent şahar hokimligi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda Davlat raqs ansamblini joylaştiriş uçun bino ajratiş böyiça taklif kiritadi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Davlat raqs ansambliga doimiy homiylik qiliş töğrisidagi taklifi qöllab-quvvatlanişi mumkin.












