23 avgust kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Içki işlar organlari boşqaruv, nazorat va şaxsiy tarkib bilan işlaşning samarali tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan Içki işlar vazirligi tizimida Malaka oşiriş instituti hamda uning joylarda 14 ta filiali taşkil etilganiga roppa-rosa bir yil töldi.

 Içki işlar organlari ofitser xodimlarining muntazam malaka oşirişlari va qayta tayyorlovdan ötişlarini, ularning kasb mahorati bilimlarini muntazam yangilab borilişini ta'minlovçi alohida ixtisoslaşgan ta'lim muassasasi va uning filiallarini taşkil etiş borasida qabul qilingan mazkur qaror mazmun va mohiyati jihatidan köplab mamlakatlar amaliyotida kuzatilmagan muhim qadam böldi.

 Şiddat bilan taraqqiy etib borayotgan ijtimoiy davr talablari, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatiga mos holda içki işlar organlari xodimlarining bilim va könikmalarini rivojlantirib boriş, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari talablarini hamda ularni qöllaş mexanizmlarini muntazam örgatib boriş maqsadida maxsus davlat ta'lim muassasasi taşkil etildi.

 Mazkur institut tizim xodimlariga jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraş sohalarida mamlakatimizda va xorijdagi huquqni muhofaza qiliş organlarining ilğor iş tajribalarini örgatiş işlarini ham tizimli asosda davom ettiradigan, uşbu yönalişlarda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot işlarini amalga oşiradigan ta'lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadigan böldi.

 Ötgan davr mobaynida Institut va uning filiallari işini samarali taşkil etiş maqsadida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori hamda

Içki işlar vazirligining 10 ga yaqin me'yoriy hujjatlari qabul qilindi.

 Ayni paytda, ta'lim muassasasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, jamoat tartibini saqlaş va xavfsizligini ta'minlaş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi ixtisoslaşgan kafedralarda malakali va boy amaliy tajribaga ega 40 ga yaqin öqituvçilar, şu jumladan yuridik fanlar doktorlari faoliyat körsatmoqda.

 Içki işlar vazirligi rahbariyatining sa'y-harakatlari bilan ta'lim muassasasining öquv binolarini kapital ta'mirlaş, zamonaviy talablar asosida jihozlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda.

 Öz oldiga ta'lim jarayoniga öqitişning innovatsion uslublarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişni maqsad qilib olgan Institut jamoasi tomonidan ötgan davr mobaynida içki işlar organlari tuzilmalarining faoliyat yönalişlaridan kelib çiqib, 20 ga yaqin blok-modulli öquv dasturlari işlab çiqilib, Içki işlar vazirligining sohaviy xizmatlari bilan kelişilgan holda tizim xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv jarayoniga tatbiq etildi.

Uşbu öquv dasturlari asosida jami 200 ga yaqin mavzular böyiça öquv-metodik materiallar majmui tayyorlandi. Şuningdek, içki işlar organlari ofitserlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga qöyiladigan Davlat talablari işlab çiqildi.

Ayni paytda, ta'lim muassasasi professor-öqituvçilarining asosiy e'tibori öquv maşğulotlarini innovatsion pedagogik uslublardan foydalangan holda ötkazişga qaratilmoqda.

 Institut va uning filiallarida masofaviy ta'lim tizimini keng joriy etiş, unda öqitişning zamonaviy interaktiv metodlarni qöllaş samaradorligini oşirişga qaratilgan aniq maqsadli va samarali işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, ötgan davr mobaynida profilaktika inspektorlari va tergov xizmati xodimlarining malakasini masofadan turib oşiriş tizimini joriy etiş maqsadida öquv dasturlari asosida zamonaviy talablar asosida öquv-metodik komplekslar işlab çiqildi.

 Ta'lim muassasasi va uning filiallarida içki işlar organlari sohaviy xizmatlari xodimlari bilan bir qatorda, istiqbolli va yoş amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilarining malakasini oşirişga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

 Ötgan davr mobaynida Institut professor-öqituvçilari tomonidan joylardagi filiallarda ötkazilgan 60 ta sayyor öquv yiğini doirasida 9 mingga yaqin xodimlar hamda 5700 dan ortiq profilaktika inspektorlarining yordamçilarining malakasi oşirildi. Öquv yiğinlari yakunida esa öquv dasturlarini muvaffaqiyatli özlaştirgan xodimlarga belgilangan sertifikatlarni taqdim etiş tizimi yölga qöyildi.

Şuningdek, respublikadagi turdoş ta'lim muassasalarida Institut professor-öqituvçilarining kasbiy va pedagogik mahoratlarini doimiy ravişda oşirib borişlari ta'minlanib kelinmoqda.

 Aholining tinç va osoyişta hayotini ta'minlaş, jamiyatda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş immunitetini şakllantiriş, xavfsizlikka tahdidlarni «öziniki va özgalarniki» deb ajratiş tuyğusidan voz keçiş, huquqbuzarliklarni sodir etişga imkon bergan sabab va şart-şaroitlarni öz vaqtida bartaraf etiş, «Xavfsiz hudud», «Xavfsiz mahalla», «Xavfsiz xonadon» kabi loyihalarni ijtimoiy hayotga tatbiq etiş kabi muhim vazifalarni amalga oşirişda natijadorlikka erişiş köp jihatdan xalq bilan samarali muloqotni örnatişga boğliq.

 Uşbu ustuvor vazifalarning dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan kelib çiqib, Institut professor-öqituvçilari joylarda ötkazilayotgan sayyor öquv yiğinlari doirasida mahallalarda huquqiy tarğibot tadbirlarini va ma'naviy-ma'rifiy uçraşuvlar ötkazişga alohida e'tibor qaratmoqda.

Jumladan, sönggi ikki oy davomida respublikamizning turli hududlarida joylardagi içki işlar organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaşlar bilan hamkorlikda qariyb 200 ga yaqin mahallalarda «Mening mahallamda jinoyat sodir bölmasligi kerak», «Mahallalarni jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş – tinçlik va osoyiştalikni ta'minlaşning muhim şarti», «Jinoyatçilikka qarşi birgalikda kuraşamiz», «Osoyiştalik uçun barçamiz mas'ulmiz», «Mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olişda jamoatçilikning roli», «Oilalar tinçligi – barqarorlik omili» kabi mavzularda tarğibot tadbirlari ötkazildi.

 Mazkur tadbirlarda aholining mahalliy ahamiyatga molik dolzarb muammolarini eşitişga hamda ularni hududiy içki işlar organlari hamda boşqa mas'ul davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etiş masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Şu bilan birga, Institut professor-öqituvçilari tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan 60 dan ortiq kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolğiz keksa avlod vakillari hamda içki işlar organlari tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bölgan faxriylarning holidan xabar olindi.

Uşbu işlarga içki işlar organlari tizimida faoliyat körsatayotgan har bir xodimning hissa qöşişi kelajakda sohani xalqparvar tizimga aylantirişda muhim ahamiyat kasb etişi joylarda ötkazilayotgan sayyor öquv yiğinlarida ham tuşuntirib berilmoqda.

 Institut tomonidan ta'lim jarayoniga öqitişning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini joriy etiş, yurtimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning taraqqiyotiga mos holda hamda ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda öquv-metodik materiallarni takomillaştirib boriş, öqituvçilarning malakasini oşirib boriş maqsadida respublikamizdagi va xorijdagi turdoş ta'lim muassasalari, yuridik ta'limga ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari, Içki işlar vazirligining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 Xususan, respublikadagi 40 ga yaqin ta'lim muassasalari va amaliyot idoralari bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş böyiça memorandumlar loyihalari işlab çiqildi hamda ötgan davr mobaynida şulardan 15 dan ortiği bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyildi.

 Ayni paytda, Institut tomonidan yetakçi xorijiy turdoş ta'lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlaş böyiça tajriba almaşiş, hamkorlikdagi ta'lim dasturlarini joriy etiş, professor-öqituvçilar tarkibining malakasini oşiriş va stajirovkadan ötkaziş kabi yönalişlar böyiça xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

 Jumladan, xorijiy turdoş ta'lim muassasalari bilan özaro hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Içki işlar vazirligining Xalqaro hamkorlik boşqarmasi bilan birgalikda BMT rivojlaniş dasturining Özbekistondagi vakolatxonasi, YeXHTning Özbekistondagi loyihalar muvofiqlaştiruvçisi, Yaponiyaning JICA, Janubiy Koreyaning KOICA, Turkiyaning TIKA kabi xalqaro hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentliklarining vakolatxonalari hamda Rossiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya kabi davlatlarning Özbekistondagi elçixonalari (konsulliklari) bilan muloqotlar olib borilmoqda.

Ötgan davr mobaynida mazkur yönalişda Xitoy, Qozoğiston kabi davlatlarning elçixonalari, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (JICA) vakolatxonasi mas'ul xodimlari bilan uçraşuvlar ötkazildi hamda uşbu davlatlardagi turdoş ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.

 Joriy yilda Institutning 2 nafar xodimi Rossiya Federatsiyasi IIV Malaka oşiriş institutida «Qöşimça kasbiy ta'lim beruvçilarni öqitiş dasturi» böyiça, 1 nafar xodimi Italiyaning Xalqaro politsiya maktabida «Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş va oldini olişning usullari va amaliyoti» mavzusida taşkil etilgan öquv kurslarida malaka oşirişlari taşkillaştirildi.

 Ayni paytda, Institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy va idoraviy-me'yoriy bazani takomillaştiriş, öquv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini oşiriş, respublikamizdagi davlat va nodavlat taşkilotlar, öquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xorijiy turdoş ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlaş kabi yönalişlarda amalga oşirilişi zarur bölgan çora-tadbirlar böyiça «Yöl xaritasi» işlab çiqildi.

 Mazkur «Yöl xaritasi» içki işlar vaziri tomonidan joriy yil iyul oyida tasdiqlandi va bugungi kunda Vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda uning ijrosini ta'minlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.