Yangi Zelandiyaning Orollar körfazida sayyohlarga afalin-delfinlar bilan çömiliş taqiqlandi. Bu haqda Lonely Planet naşri xabar berdi. 

Taqiqlov Yangi Zelandiyada delfinlar bilan suziş ekskursiyalarini taşkillaştiruvçi sayyohlik operatorlari faoliyatiga nisbatan kiritilgan.
 
Mamlakat tabiatni muhofaza qiliş departamenti tadqiqotlariga köra, sayyohlar delfinlar bilan köp vaqt ötkazişadi va buning oqibatida dengiz jonzotlarining tabiiy hayot ritmi izdan çiqadi. Bu esa ularning köpayişiga salbiy ta'sir körsatadi. 
 
Delfinlar odamlar bilan köp aloqa qilgani sababli uyqu, oziqa qidiriş va bolalarini oziqlantirişga kamroq vaqt ajratadi.
 
Afalin delfinlar Yangi Zelandiyada yöqolib ketişi mumkin bölgan tur hisoblanadi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga köra, 1999 yildan beri körfazga qaytuvçi delfinlar soni 2 martadan köproqqa kamayib ketgan. Şuningdek, körfazda ularning bolalari ölimi yuqori (75 foiz).