AQŞning Nyu-York şahrida US Open turniri finalida mazkur turnirning 6 karra ğolibi, 23 karra «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlarda ğolib çiqqan amerikalik tajribali tennisçi Serena Uilyams 19 yoşli kanadalik Byanki Andreyeskuga sensatsion ravişda mağlub böldi.

Bu 37 yoşli amerikalik tennisçi uçun «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlar finallarida qatorasiga törtinçi marta mağlub bölişidir. Uning bu mağlubiyatlarining barçasi 2018 yilda tuğruq ta'tilidan kortga qaytişidan keyin röy bergan. Bunga qadar u butun faoliyati davomida «Katta dubulğa» turnirlarida jami 6 marta finalni boy bergandi.

Yil boşida kuçli tennisçilarning 150 kişilik röyxatiga ham kirmagan kanadalik tennisçi 6:3, 7:5 hisoblarida ğalaba qozonib, öz faoliyatida ilk marta «Katta dubulğa» turkumidagi turnir ğolibi böldi. E'tiborli jihati, uşbu yoş tennisçi öz faoliyatida ilk marta şunday darajadagi turnirni asosiy setkada boşlagandi. U öz faoliyatida asosiy setkada atigi 4ta öyin ötkazib, titul sohibi bölgan tarixdagi ikkinçi tennisçi böldi. Bungaça bunday natija «Rolan Garros»-1990 turnirida Monika Seleş tomonidan qayd etilgandi.

Bugun, 8 sentabr kuni Amerika oçiq çempionatining erkaklar örtasidagi musobaqalari finali bölib ötadi. Unda rossiyalik Daniil Medvedev ispaniyalik Rafael Nadalga qarşi kortga çiqadi.

US Open turnirining 2019 yildagi sovrin jamğarmasi 57 million dollarni taşkil etadi.

US Open
Nyu-York, AQŞ
2019 yil, 26 avgust – 8 sentabr
«Katta dubulğa» turniri
Sovrin jamğarmasi – 57 000 000 dollar
Oçiq kortlar, hard
Yakkalik razryad
Final
 

Byanka Andreyesku (Kanada) – Serena Uilyams (AQŞ) 
6:3|7:5