AQŞ Oçiq çempionatining (US Open) mukofot jamğarmasi bu yil 108 mln dollarni taşkil etadi. Bu haqda musobaqa taşkilotçilari ma’lum qildi.

Xabarga köra, yakkalik bahslari ğoliblari 5,5 mln, finalçilar 2,8 mln dollarni qölga kiritişadi.

Juftlik va aralaş bahslar çempionlariga 1 mln dollardan, hal qiluvçi matçlar iştirokçilariga 500 ming dollardan beriladi.

Musobaqa 23-avgustdan 13 sentyabrgaça davom etadi.

Mukofot jamğarmasi böyiça avvalgi rekord 90 mln dollar bölib, ötgan yilgi musobaqalarda qayd etilgandi. 

Ötgan yilgi musobaqada beloruslik Arina Sobolenko va ispaniyalik Karlos Alkaras ğolib bölişgan.