Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Tehronni Isroilga Eronning maxfiy yadro obekti oşkor bölgandan keyin uni yöq qilişda aybladi.

“Siz nima bilan, qaçon va qayerda şuğullanayotganingizni bilamiz. Sizning yolğoningiz va qoidabuzarligingizni foş qilişda davom etamiz”, deb aytgan Isroil boş vaziri Tehronga yuzlanib. 

Uning ta'kidlaşiça, obekt Fors viloyatidagi Obod şahrida joylaşgan bölgan va joriy iyun oxiri-iyul oxiri oraliğida yöq qilingan.

“Eron yadro qurolini işlab çiqiş uçun bu yerda sinovlar ötkazgan. Eron uning obektini foş qilganimizni bilgaç, qilgan işi – uni yöq qiliş bölgan”, deb ta'kidlab ötgan Netanyaxu. U nutqi davomida taxmin qilinayotgan obektning yöq qilingungaça va yöq qilinganidan keyingi suratlarini körsatgan. 

Netanyaxu xalqaro hamjamiyatni AQŞning Tehronga qarşi sanksiyalariga qöşilib, Eronga bosim ötkazişga çaqirgan.

Eron ötgan hafta yadro kelişuvi doirasidagi majburiyatlaridan voz keçişning 3-bosqiçini boşlab, uranni boyitiş uçun turli modeldagi 56 ta takomillaştirilgan sentrifugani foydalanişga kiritmoqçi.