Eronda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Aerokosmik kuçlarining yerosti yangi raketa şaharçasi oçildi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.

Raketa majmuasi Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği Ali Abdullohiy hamda IIQK Aerokosmik kuçlari qömondoni Said Majid Musaviyga taqdim etildi.

Xabar qilinişiça, yer ostida turli ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, ularni uçiriş qurilmalari joylaştirilgan.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof yangi raketa şaharçasi Eron tomonidan duşmanlarga yöllangan oçiq-oydin signal ekanini taʼkidladi.

«IIQK Aerokosmik kuçlarining yangi raketa şaharçasi oçilişi Eron xalqining mamlakat mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilişdagi qatʼiyatini namoyon etadi. Bugun namoyiş etilgan yutuqlar ortida olimlar va muhandislarning köp yillik mehnati, qömondonlarning donişmandligi hamda eng oğir şaroitlarda ham taslim bölmay, uşbu ulkan va muhim loyihani oxiriga yetkazgan jangçilarning keçayu kunduz olib borgan kuraşi turibdi», - dedi parlament raisi.