Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Özbekiston temiryöllari» AJ mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda 2018 yil 2 yanvardagi Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan «Tebinbuloq koni bazasida kon-metallurgiya kompleksi qurilişi» loyihasini yölga qöyişda amalga oşirilayotgan işlar, kombinatning taxminiy portreti haqida batafsil ma'lumot berildi.

Mazkur kompleksning qurilişi mahalliy xomaşyodan foydalangan holda zamonaviy pölat işlab çiqarişni taşkil etiş hisobiga öz metallurgiya majmuasini taşkil etiş, eksport salohiyatini oşiriş va importni kamaytirişni maqsad qiladi. Loyiha 2024 yilgaça foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.

Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya majmuasini quriş direksiyasi direktor örinbosari Aziz Alimovning ma'lumot berişiça, kompleksning işlab çiqariş quvvati yiliga 1,5 million tonnani taşkil etadi. Geologik qidiruvlar natijasiga köra, konda 2 milliard tonna xomaşyo zaxirasi mavjud. Kondan yiliga 33 million tonna ruda qazib olinib, undan 1,5 millon tonna temir olinişi möljallanmoqda. Mazkur kon zaxirasi 50 yilgaça yetişi taxmin qilinmoqda. Kompleks yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna burçak, şveller va boşqa quriliş uçun kerakli xomaşyolar işlab çiqariş quvvatiga ega böladi. Majmua 2 mingdan ortiq kişini iş bilan ta'minlaşi kutilmoqda. Mahsulotning 35 foizi eksportga yönaltiriladi.

Direksiya direktori Botir Rustamovning sözlariga köra, pölatning kişi boşiga uluşi AQŞda 600-700 kilogramm, örta rivojlangan davlatlarda 200-300 kilogramm, Özbekiston esa 60-70 kilogrammni taşkil etadi.

«Bu rivojlangan davlatlarga qiyoslaganda ança past körçatkiç. Mamlakatning pölatga ehtiyojini qondiriş uçun bu körsatkiçlarni oşiriş kerak. Tebinbuloq konidan ham şu maqsadda foydalaniladi», deya Botir Rustamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda temir rudasi qazib oliş mumkin bölgan uçta manba mavjud. Toşkent viloyati Parkent tumanidagi Suyun ota konida 30 foizgaça temir bölib, zaxira atigi 25 million tonnani taşkil etadi. Samarqanddagi Temirkon manbasida 100 million tonnagaça zaxira mavjud. Lekin ularda ruda ança çuqurlikda joylaşgani, zaxira ham kamligi bois qazib oliş xarajat jihatidan manfaatli emas.

Qoraqalpoğistondagi Tebinbuloq koni sovet davridayoq oçilgan bölib, öşa davrda ham bu kondan yaxşi mahsulot oliş mumkinligi tasdiqlangan. Konning hozirda möljallanayotgan 350 metr çuqurligida 2 milliard tonna ruda aniqlangan. Keyinçalik 800 metrgaça çuqurlikka borib, yana ruda olinişi ehtimoli bor.

«Mazkur kondagi rudada 13 foiz temir mavjud. Bu katta körsatkiç emas. Aslida 65 foiz temir bölgan hududda rudani qazib oliş manfaatli hisoblanadi. Bu kondan olingan temirga vanadiy va titan metallini qöşib, konsentratsiyasini 68 foizga yetkaziş kutilmoqda. Bu mahsulotning sifatini va mustahkamligini ham oşiradi», deydi direksiya direktori.

Mas'ullarning sözlariga köra, hozirda temir bilan işlayotgan yagona korxona «Özmetkombinat» hisoblanadi. U yiliga 1 million tonna tayyor mahsulot işlab çiqarişi mumkin, lekin ikkilamçi xomaşyo asosida işlaydi. Ya'ni uning işlaşi uçun metallolom talab etiladi.

«Yaqin ötmişdagi 15 yil davomida har bir taşkilotning metallolom topşiriş böyiça rejasi bölgan. Bu reja körsatkiçlari metallolomni import qiliş hisobiga kamaygan. Lekin import xaridining narxi baland.  Yiliga 2 mln. tonna metallolom kiritiş uçun 2 milliard AQŞ dollari xarajat qilinadi. Vaholanki, işlab çiqariş hajmining oşişi hisobiga bu xomaşyoni import qilişga ehtiyoj ham, xarajat ham oşib boradi», deya ta'kidladi Botir Rustamov.

Mas'ullar Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksining yölga qöyilişi metallomga bölgan talabni qançalik qondirişi haqidagi savolga ham javob berişdi.

«Tebinbuloq faqatgina tabiat qöynidan olingan toza ruda asosida işlaydi. Unga metallolom kerak emas. Lekin «Özmetkombinat»ning ehtiyoji katta bölgani bois metallolomga bölgan talab yöqolmaydi. Tebinbuloq koni «Özmetkombinat»ning issiq eritiluvçi temirga bölgan ehtiyojini qoplaşi mumkin», deydi direksiya direktori örinbosari.

Tebinbuloq kon-metallurgiya majmuasi faoliyatini yölga qöyişda Germaniyaning «DMT Group», Avstriyaning «Horst Viesenger Konsulting» korxonalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Kondagi rudadan 3 ming tonna hajmida Germaniyaning «SGA» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga yuborilgan bölib, unda rudani boyitiş va undan temir moddasini ajratib oliş böyiça sinov tajribalari ötkazilmoqda. Hududdagi mavjud rezervlarni xalqaro JORK kodekciga muvofiq baholaş hamda Bank texnik-iqtisodiy tahlilini ötkaziş jarayonlari keçmoqda.