Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinati takliflari asosida muntazam ravishda mustaqil ta’lim va tanlov fanlari dasturlariga zamonaviy fanlarni kiritish, shuningdek, universitet talabalarining malakaviy amaliyotini bevosita kombinatda o‘tkazishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab universitetda "ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "atrof-muhit muhandisligi", "kimyoviy muhandislik", "elektr muhandisligi", "qayta tiklanuvchi energiya manbalari", "texnologik mashinalar va jihozlar" yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash ulushi oshiriladi.















