Hukumat qarori bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining örinbosari tayinlandi. 

Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 13 sentabr kuni imzolangan hujjatga köra, Şerzod Negmurodoviç Botirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining örinbosari lavozimini egalladi.

Şerzod Botirov bundan avval Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tizimida işlagan. 2011 yil «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari va farmonlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oşirişda test sinovlari ötkaziladi:

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qiliş uçun;

Muddatli harbiy xizmatga çaqiriluvçilarning bilim saviyasini aniqlaş uçun;

Muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarga oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişi uçun tavsiyanomalar beriş uçun;

Ayrim fanlar çuqur örganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qiliş uçun;

Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlaş uçun;

Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqiçi ğoliblarini aniqlaş uçun;

Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qiliş uçun;

Toşkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uçun.