Turkiyaning janubidagi Kulp va Muş şaharlari örtasidagi avtomobil yölidan avtomobil ötişi vaqtida yuz bergan portlaşda 4 kişi halok böldi, 13 kişi yaralandi. Bu haqda Diyorbakir viloyati gubernatori ma'muriyatida ma'lum qilindi.
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam körsatilgan. NTV telekanalining xabar berişiça, portlaş vaqtida mikroavtobus yölovçilari jabrlangan. Taxmin qilinişiça, portlaşga yölga yaşirilgan mina sabab bölgan.
Diyorbakirda Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi a'zolari harakat qiladi.











