O‘zbekistonlik bokschilar kunni yo‘qotishsiz o‘tkazishdi. Sanjar Tursunov ham keyingi bosqichda
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-91 kg vazn toifasida ikkinchi raqam ostida saralangan Sanjar Tursunov musobaqadagi ilk jangini braziliyalik Abner Teysheyraga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi - 5:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi a'zolari bugungi kungi bahslardan yo‘qotishlarsiz o‘tib olishdi.
Bungacha -57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov hamda -81 kg vazn toifasida Dilshod Ro‘zmetov o‘z raqiblarini mag‘lub etib, turnirning nimchorak finaliga yo‘llanma olgandi.
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) 5:0.
14 sentabr kuni -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov 1/16 finalda o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, nimchorak finalga chiqqandi. O‘zbekiston boks terma jamoasi hozircha faqat bir yo‘qotishga uchradi, kechagi janglarda 63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov amerikalik Devis Keyshovnga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.
16 sentabr kuni jahon chempionatida ikki nafar bokschimiz jang qiladi:
-69 kg: Bobousmon Baturov - Agustin Arregui (Argentina) (B ring, 15:00 da boshlanadi)
-75 kg: Fanat Qahramonov - Ebert Konsesao (Braziliya) (A ring, taxminan 19:30 da boshlanadi)
Mavzuga oid
12:37 / 24.01.2024
Migrantlarning Rossiyada o‘rdaksimon yurishga majburlangani holati o‘rganilmoqda - Tashqi mehnat migratsiya agentligi
18:21 / 22.01.2024
Ombudsman Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari ta’minlanishida ko‘mak so‘radi
16:49 / 22.01.2024
Qirg‘iziston TIV Yekaterinburgdagi qurilish maydonidagi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
20:32 / 20.01.2024