Bugun, 15 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida havaskor boksçilar örtasidagi jahon çempionatining navbatdagi janglari ötkazilmoqda.
Özbekiston boks terma jamoasining -57 kg vazn toifasidagi vakili Mirazizbek Mirzaxalilov bugun, ikkinçi bosqiçdan turnirga qöşildi.
Braziliyalik Duglas de Andradega qarşi ringga kötarilgan özbekistonlik sportçi uç raund natijalariga köra 5:0 hisobida ğalaba qozondi.



Bugun yana ikki nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqadi. -81 kg vaznda Dilşodbek Rözmetov kongolik Pita Kabeji Peterga qarşi, ( jang B ring, taxminan 20:10lardan söng boşlanadi) -91 kg vaznda Sanjar Tursunov braziliyalik Abner Teyşeyra (B ring, taxminiy boşlaniş vaqti – 22:00) bilan jang olib boradi.
















