14 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida ötkazilayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasining uç nafar vakili navbatdagi janglarini ötkazişdi.

Dastlab turnirning 1/16 finali doirasida -52 kg vazn toifasidagi Şahobiddin Zoirov Dominikan Respublikasi vakili, Panamerika öyinlari ğolibi, turnirning törtinçi saralangan boksçisi Rodrigo Martega qarşi jang qildi va uç raund natijalariga köra, hakamlar bir ovozdan Özbekiston vakilining ğalabasini qayd etişdi - 5:0.

-75 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Fanat ikkinçi bosqiçda avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarşi bahs olib bordi. Uç raund natijalariga köra, hakamlar bir ovozdan Qahramonovning ğalabasini qayd etişdi - 5:0.

Endi Zoirov nimçorak final jangini 17 sentabr kuni qirğizistonlik Azat Usenaliyevga qarşi ötkazsa, Qahramonov 16 sentabr kuni braziliyalik Xebert de Souza bilan kuç sinaşadi.

-63 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Elnur Abduraimov ikkinçi bosqiçda amerikalik Devis Keyşovnga qarşi bahs olib bordi. Uç raund natijalariga köra, hakamlar bir ovozdan raqib boksçisining ğalabasini qayd etişdi - 0:5.

Bugun jahon çempionatining navbatdagi kun bellaşuvlari davom etadi. Bugun bölib ötadigan saralaş bosqiçi doirasida özbekistonlik 3 nafar boksçi ringga kötariladi.