Rossiyaning “Transmaşxolding” kompaniyasi Toşkent metrosi uçun 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5 ta poyezd tarkibini jönatdi. Bu haqda xolding saytida xabar qilingan.  

Xolding tarkibiga kiruvçi “Metrovagonmaş” korxonasida poyezdlarning tantanali jönatilişi marosimi bölib ötdi. Tadbirda Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elçisi Botirjon Asadov, “Toşkent metropoliteni” korxonasi rahbari Oybek Xudoyqulov, “Metrovagonmaş” boş direktori Boris Bogatirev iştirok etgan.

Poyezdlarni yetkazişga şartnoma 2018 yil oktyabrda imzolangan. Har bir poyezd 4 ta: ikkita boş motorli, bitta oraliq motorli, bitta oraliq motorsiz vagondan taşkil topgan. Vagonlarning işlaş muddati 30 yilni taşkil qiladi. 

Rossiya kompaniyasi Toşkent metrosini uşbu seriyadagi metro vagonlariga texnik xizmat körsatiş uçun zarur bölgan ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta'minlaydi va xizmat körsatuvçi xodimlarga maslahatlar beradi.

Ta'kidlanişiça, Toşkent metrosi uçun möljallangan yangi poyezdlar vagonlarida bir qator texnologik innovatsiyalar amalga oşirilgan. Jumladan, vagonlar oçiq ötiş joyi, avvalgi modellarga qaraganda kengroq eşiklar (1,4 metr) hamda eşiklar oçilib-yopilişidan ogohlantiruvçi yoruğlik tizimiga ega.

Yangi avloddagi vagonlar uçun şovqinni yutuvçi ğildiraklar işlab çiqilgan. Vagonlarni yiğişda ekologik toza materiallar qöllangan. Ular içida şovqin va issiqlikdan işonçli himoya ta'minlangan. Boş vagonlarda nogironlar aravasi uçun joylar közda tutilgan. Salonlarda şamollatiş, havoni sovitiş va zararsizlantiriş tizimlari örnatilgan.

Uşbu modeldagi vagonlar 2017 yil boşidan Moskva metrosi uçun “Moskva” nomi bilan işlab çiqariladi. Toşkent metrosi uçun buyurtmaçi talablariga muvofiq yangilangan modifikatsiyadagi tarkiblar işlab çiqilgan.

Toşkent metrosi va “Metrovagonmaş”ni uzoq yillik özaro manfaatli hamkorlik birlaştiradi. Korxona tomonidan Toşkent metrosi uçun 1977 yilda 20 dan köproq poyezd yetkazilgan.