33 kilometr yangi yöl qöşildi
Toşkent metrosi 1977-yilda işga tuşirilgan. Dastlabki yillarda uning asosiy vazifasi şaharning markaziy qismlarini yirik turarjoy massivlari bilan boğlaşdan iborat bölgan.
Ammo keyingi qariyb 40 yil davomida metro tarmoği juda sekin kengaydi. 2016-yilga kelib, Toşkent metrosida 29 ta bekat va 38 kilometr yöl mavjud edi. Sönggi ön yillikda esa uşbu körsatkiçlar sezilarli özgardi: 33 kilometr yangi metro yöli qurildi va 21 ta yangi bekat oçildi.
Bugun metro tarmoğining umumiy uzunligi 71 kilometrni taşkil etmoqda. Yaʼni sönggi ön yilda qurilgan yangi yöllarning özi avvalgi 38 kilometrlik tarmoqning qariyb 87 foiziga teng. Tarmoq avval metro bilan qamrab olinmagan, asosan, temiryöl yoki avtobus kabi yer usti transportidan foydalanilgan hududlargaça kengaydi. Şu jihatdan qaraganda, sönggi yillardagi asosiy özgarişlardan biri metroning Toşkent transport tizimidagi uluşi kengayganidir.

Yölovçilar oqimi 57 foizga oşdi
2023-yilda Toşkent metrosidan 172 million yölovçi foydalangan. 2024-yilda esa bu körsatkiç 270,3 millionga yetdi. Bir yil içida qariyb 100 millionlik farq yuzaga kelgan. Ösiş 98,3 million yölovçi yoki 57,2 foizni taşkil qilgan. Mazkur raqamlarni oddiy hisobga aylantirsak, 2024-yilda metro kuniga örtaça 740 mingdan ortiq yölovçini taşigan böladi.
Yölovçi oqimining bunday tez ösişi infratuzilma oldiga boşqa talablarni qöyadi. Endi bekatlar sonini köpaytirişning özi yetarli emas. Poyezdlar, harakat intervali, bekatlar ötkaziş qobiliyati, eskalatorlar, çiqiş-kirişlar, tölov tizimi va hatto mobil aloqa ham birgalikda işlaşi kerak. Şu sababli, sönggi yillarda metrodagi özgarişlarning yana bir yönalişi mavjud tizimning içki imkoniyatlarini oşiriş böldi.

Poyezdlar köpaydi, kutiş vaqti qisqardi
Yangi metro yöllari va bekatlar öz-özidan yölovçilar taşiş imkoniyatini oşirmaydi. Buning uçun harakat tarkibi ham yetarli bölişi kerak. 2016-yil atrofida Toşkent metrosida 40 ta eski turdagi poyezd tarkibi mavjud edi. Keyingi yillarda 55 ta yangisi xarid qilindi. Şuningdek, 2026-yilning özida yana 14 ta zamonaviy tarkib olib kelindi. Hozirda metropolitenda jami 91 ta poyezd tarkibi mavjud bölib, şundan 55 tasi yangi zamonaviy poyezdlardir.














