Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dilshodbek Ro‘zmetov finalda qozog‘istonlik bokschiga yutqazib, kumush medal bilan kifoyalandi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasi yana bir medalga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston boks terma jamoasining -81 kg vazn toifasidagi vakili Dilshodbek Ro‘zmetov qozog‘istonlik Bekzad Nurdauletovga yutqazdi va kumush medal bilan kifoyalandi.


Dilshod Ro‘zmetov turnirdagi ishtirokini saralash bosqichida mo‘g‘ulistonlik Narmandax Shinebayarni yengish bilan boshlagandi. Shundan keyin u kongolik Pita Kabeji Peter, ruminiyalik Andrei Aradau, ozarboyjonlik Loren Alfonso Dominges va buyuk britaniyalik Benjamin Uittekerni yengib, finalgacha yetib kelgandi.

Katta turnirlarda ilk bor ishtirok etgan Bekzad Nurdauletov yarim finalda sensatsion ravishda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Xulio Sesar la Krusni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta oltin, 1ta kumush va bitta bronza medalni rasmiylashtirdi. Bungacha Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) oltin, Bobousmon Baturov (-69 kg) bronza medal bilan taqdirlangandi.
Medallar sifati bo‘yicha Rossiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab turibdi - mezbonlar uchta vazn toifasida chempion bo‘lishdi.
Kunning so‘nggi jangi +91 kg vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov va qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan 16 nafar ayollar va bolalar olib kelindi
21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum?
21:40 / 01.07.2025