Joriy yilning 20 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinçi örinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar qilmoqda.
Uçraşuv çoğida ikki mamlakat rahbarlarining davlat taşriflari, oliy darajadagi boşqa uçraşuvlar yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar ijrosi, şuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va tölaqonli bajariş böyiça amalga oşirilayotgan zarur çora-tadbirlar muhokama qilindi.
“Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil boşida Rossiya Federatsiyasiga amalga oşirilajak taşrifiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi, özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini işlab çiqişga doir çora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, uçraşuv çoğida eng muhim sohalar, xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan özaro hamkorlikni yölga qöyiş doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça fikr almaşilgan.
Tomonlar özaro manfaatdorlik va işonç tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, şuningdek, uni yanada kengaytiriş böyiça ulkan salohiyat mavjudligini qayd etgan.
Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga borişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.












