Dunyoning eng qadimgi turistik kompaniyasi Thomas Cook majburiy tugatilişini e'lon qildi va britaniyalik mijozlarining uyga qaytarilişini kutmoqda.

Britaniyalik sayyohlarning qaytarilişi tinç vaqtda britaniyaliklarning xorijdan eng yirik evakuatsiyasi bölişi mumkin.

Ançadan beri kreditni tölaş bilan muammolarga ega bölgan britan kompaniyasi 200 mln funt sterlinglik qarzni yopiş uçun asosiy aksiyadori Fosun Tourism Group va kreditorlar bilan qarzni qayta şakllantiriş şartlarini muhokama qilib kelgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.  

Ta'kidlanişiça, kompaniya şundan keyin majburiy tugatilişdan boşqa çorasi yöqligiga qaror qilgan. 

Thomas Cook’ning yöllanmalari bilan hozirda xorijda 600 mingga yaqin, jumladan 160 ming britaniyalik qolmoqda. Kompaniya bankrotligi tufayli uning 22 ming xodimi işsiz qolişi mumkin. Britaniya hukumati kompaniya atrofida yuzaga kelgan muammoni hal qiliş uçun maxsus işçi guruh tuzişini va oqibatlarni bartaraf etiş uçun mablağlar ajratişini ma'lum qilgan. 

Dunyodagi birinçi turistik kompaniya hisoblanuvçi Thomas Cook AG 1841 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U uyuşgan turizm ixtiroçisi Tomas Kuk şarafiga atalgan.