Britaniyada 1841 yilda taşkil etilgan dunyodagi eng yirik turistik kompaniya Thomas Cook kreditorlar bilan qarzni uziş böyiça muvaffaqiyatsiz yakunlangan muzokaralardan keyin majburiy tugatilişi va faoliyatini töxtatişini e'lon qildi. Kompaniya qarzi 2 mlrd funt sterlingga yaqinni taşkil qiladi. Hozirda kompaniyaning 600 mingga yaqin mijozi, jumladan 160 ming britaniyalik butun dunyo böylab dam olmoqda.    

Kompaniya barça parvozlarni töxtatgan, turlar va bronlarni bekor qilgan. Kompaniyaning investorlar va kreditorlar bilan qarzni uziş böyiça olib borgan köp oylik muzokaralari besamar yakunlangan.

Britaniya hukumati ta'tili 23 sentyabrdan 6 oktyabrgaça davr içida yakunlanadigan britaniyalik sayyohlarni ortga qaytariş xarajatlarini tölab beradi. Bu odamlar uçun önlab charter reyslari buyurtirilgan: yaqin ikki hafta içida bu maqsadda mingdan köproq reys bajariladi. OAVda ta'kidlanişiça, bu Britaniya fuqarolarini xorijdan qaytariş böyiça Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng yirik amaliyotdir. U qirollikka 600 mln funt sterlingga (750 mln dollar) aylanadi.  

6 oktyabrdan keyin sayyohlar uyga qaytiş xarajatlarini özlari tölaşlariga töğri keladi. Yevropaning boşqa davlatlarida sayyohlarni qaytarişga tegişli idoralar va hukumatlar javobgar böladi.   

Britan turoperatori 60 dan köproq yönaliş böyiça oilaviy hordiq uçun arzon yöllanmalar taklif qilgan. 2018 yil kompaniya xizmatlaridan 19 mlndan köproq odam foydalangan. Thomas Cook turoperatorlik va mehmonxona biznesi sohasida köplab brendlarga hamda 30 dan köproq samolyoti bölgan öz aviakompaniyasiga ega.