Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani hokimi örinbosari bilan boğliq muhokamalar sovimay turib, Farğonada yangi mavzuni «tayyor» qilişdi.
«Internetni portlatgan» audioda gapirayotgan odam respublikaning yetakçi bir viloyati rahbari ekaniga bemalol işoniş mumkin. Çunki bu ovozda avval ham köp marta şunday alfozdagi şunday sözlarni eşitganmiz...
Toşloqliklarni haqorat qilgan ham şu hokim, Toşkentdan borgan amaldorlarning içak-çavoqlarini boşlariga salla qilib qöyiş bilan tahdid qilgan ham şu hokim, Riştonda minglab odamlarni haşarga majburlagan ham şu hokim.
Hokim ayollarning taşqi qiyofasini özgartiriş bilan maşğul bölişi, kiyimi öziga yoqmagan bemorni şifoxonadan haydab solişi, viloyatga kelgan mehmonlarning soqolini qirtişlaşi, kitob sotuvçilarni qamaş bilan tahdid qilişi, kim deputat bölişini belgilaşi - bu qandaydir komedik janrdagi film ssenariysi emas, ayni kunda hayotimizda röy berayotgan hodisalar.
Bu işlardan keyin bu rahbar xodim qayerda öqigan, qayerda tayyorlangan, Konstitutsiya va qonunlardan xabardormi, boşqaruv nimaligi haqida tuşunçaga egami, taşqarida yigirma birinçi asr, texnologiyalar zamoni ekanini biladimi kabi töxtovsiz savollar tuğilaveradi.
Yoki Farğona hokimi mutlaq hokimiyatga egaman deb öylaydimi? Albatta unga heç kim mutlaq vakolat berib qöygani yöq. Unda u nega vakolatlari çegarasidan çiqmoqda? Nega Özbekistonni butun dunyoga şarmanda qilmoqda?
Ahvol bu darajaga yetib kelişining sababi uning atrofidagilar tomonidan «haybarakallaçilik» qilib kelingani, qanday nohaqliklar bölsada köz yumib kelingani, indamay böyin egib kelinganida emasmi? Ahvol bu darajaga yetib kelganining sababi şu vaqtga qadar körsatgan hunarlari uçun jazolanmay qolgani emasmi?












