Farğona viloyati, Furqat tumanida sodir bölgan avtofalokat fojia bilan yakunlandi. Bu haqda Renessans TV telekanalining «Ovoza» dasturida ma’lum qilindi.

Qayd qilinişiça, Furqat tumanida harakatlanib borayotgan Damas rusumli avtomobil haydovçisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan. YTH oqibatida Damas avtomobiliga jiddiy zarar yetgan. Şuningdek, avtomaşina içida bölgan haydovçi va yölovçilar tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan.

Şifokor sözlariga köra, şifoxonaga 2 murda bilan bir bemor keltirilgan. Hozir bemorning ahvoli oğir ekani, u Qöqonga, reanimatsiya bölimiga ötkazilgani aytilgan.

Hozir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov işlari olib borilmoqda.