Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
Xitoyning Shandong Aipurui Steel Plate kompaniyasi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida metallurgiya zavodi qurilishiga 120 million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi «Taraqqiyot» sanoat hududida Xitoyning Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodi barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kompaniya rahbari Xan Szunbay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvni amalga oshirdi.
Qiymati 120 million dollardan ortiq bo‘lgan zavod uch bosqichda qurilib, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Birinchi bosqichni oktyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Zavodda qayta ishlangan metalldan ishlab chiqariladigan sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yo‘naltiriladi.
Investor Xan Szunbay zavodda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani haqida so‘zlab berdi. Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov loyiha bo‘yicha ishlar jadal ketayotgani, nafaqat ishlab chiqarish, balki biznes-forumlar o‘tkazish uchun ham sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat rahbari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududda yashil hududlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Shandong Farg‘ona viloyatida boshqa loyihalarni ham amalga oshirmoqda. Masalan, Shandong Weida Construction Machinery Co., Ltd. kompaniyasi viloyatning Dang‘ara tumanida qurilish materiallari (gazobeton bloklari) zavodini qurishni rejalashtirmoqda.
Shandong Swan Cotton Industrial Machinery kompaniyasi paxta terish mashinalarini yig‘ish, texnik xizmat ko‘rsatish va mexanizatorlar uchun o‘quv markazini tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026