Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev va hokimlik rahbariyatining boşqa vakillari Rişton tumanida aholi vakillari bilan uçraşib, ulardan uzr söradi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Bugun Rişton tumanida bölayotgan obodonlaştiriş işlarida katta-yu kiçik, yoşu qari öz hissasini qöşmoqda.
Oçiğini aytaman, xato böldi. Xatoga yöl qöyganlarni aytaman, ularga nima bölganini ham aytaman. Albatta, birinçi navbatda viloyat hokimi sifatida mening ham bu xatoda aybim bor. Biz qilgan xato respublikamizning, davlatimizning obrösiga, ayniqsa prezidentimiz olib borayotgan ezgu işlar, islohotlar obrösiga putur yetkazmasligi kerak.
Tuman markazidagi dehqon bozori qurilişi bilan boğliq xatolarga Özbekiston Respublikasi prezidentining aloqasi yöq. Xatoga, kamçiliklarga yöl qöyganlar - viloyat hokimidan tortib, tumandagi rahbarlar. Şuni ajratib olaylik.
Hammadan uzr sörayman, keçirim sörayman. Sizlardan qattiq iltimos, davlat taşkilotlari qanday xatolarga yöl qöygan bölsa, viloyat hokimi sifatida böyin egib, ta'zim qilib jamoatçilikdan uzr sörayman. Özbekistonda heç kimga, u viloyat hokimi böladimi, tuman hokimi böladimi, heç kimga bir insonning qalbiga ozor yetkaziş vakolati berilmagan. Şuning uçun, bilib-bilmay xato qilganlarga çora körildi.
Oçiğini aytiş kerak, xatoga yöl qöyildi. Bozorni yanada körkamroq qiliş böyiça loyiha tayyorlangandi. Bizga taklif bergan idoralar loyiha tayyorlaşda xatoga yöl qöyişgan. Hali quriliş boşlangani yöq, endi zamonaviy bozor böladi.
Xatoga yöl qöyganlardan viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği tegişli jazosini oldi, lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi örtoq Rahimov lavozimidan olindi, tuman hokimining birinçi örinbosari Dilmurod Soliyev lavozimidan ozod etildi, tuman hokimi örinbosari, quriliş-kommunikatsiyaga javobgar bölgan Sodiqjon Haydarov, tuman yer-kadastr bölimi boşliği Mamadaliyev işdan olindi, tuman soliq inspeksiyasi rahbarlari, umuman, bozordagi işlarga, tumandagi işlarga javobgar bölgan jami 14 kişi odamlarga mensimasdan munosabatda bölgani, boş rejani mensimagani, şu yerda tirikçilik qilib turgan odamlarni öylamagani egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

















