Bugun, 19 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari va jurnalistlar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.
Tadbir davomida OAV xodimlari MIB faoliyatini takomillaştiriş, asossiz qarzdorlik tölovlarini undiriş kabi holatlar va sohadagi mavjud qator kamçiliklar va ularni bartaraf etiş çoralari yuzasidan savollar berişdi.

Savollardan biri Farğona viloyati MIB rahbari bilan röy bergan hodisa yuzasidan böldi.
«Farğona viloyati hokimining (Şuhrat Ğaniyev) viloyat MIB rahbariga (Akmal Karimov) nisbatan qöpol gaplari internetda tarqaldi.
Biz viloyat hokimi bilan boğlandik. U internetda tarqalgan gaplar eski gapligini, hozirda byuro rahbari bilan aloqasi yaxşiligini aytib ötdi.
Biz bu borada qat'iy çora köriş böyiça murojaat qilmaganmiz. Şu jumladan, Farğona viloyati MIB boşliği ham heç qayerga murojaat qilmagan», deya Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori örinbosari Sodiqjon Berdialiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
May oyi oxirida «Ozodlik» radiosi Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev tomonidan ötkazilgan majlislardan birida olingan audioni tarqatgandi.
Xabarda bu audio 2019 yilning 22 may kuni viloyat hokimligida ötkazilgan majlisda yozib olingani aytilgandi.
Audioxabarda viloyat hokimi Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boşliqlariga ularning «içagini suğurib, boşiga salla qiliş» bilan tahdid qilganini eşitiş mumkin.
«Bekor hazillaşyapsan ikkalang. Umring 5 yil, 10 yil qamoqda ötadi. Sen MIB boşliği bölasanmi, boşqa bölasanmi, undan nari bölasanmi, sen nomardlarni.
Bizning odamlarimiz nima böladi? Bizning köçalarimiz nima böladi? Suvimiz nima böladi, obod qişloğimiz nima böladi? Pulni qayerdan olaman?», deydi hokim.
Keyin u tanqidga uçragan rahbarlarga tuşuntiriş xati yozib berişni tayinlagan.
«Xatni yozib berasiz, uka. Biz bu pulni tuşirib bera olmaymiz, keçirasiz, bu qölimizdan kelmaydi, deb yozasiz, keyin sizni bezovta qilmaymiz», deya yumşoq ohangda gapiradi u.












