«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Mirzo Uluğbek tumanidagi 71-umumta'lim maktabida «Elektr energiya tejamkorligi – bolalar nigohida» mavzusida uçraşuv ötkazdi.

Ma'naviyat darslari asosida ötkazilgan bu uçraşuvdan maqsad, ösib kelayotgan yoş avlod ongida elektr energiyaga bölgan munosabatni şakllantiriş hamda tejamkorlik ğoyalarini keng tarğib qilişdir.

Dars jarayonida öquvçilarga elektr işlab çiqariş neçoğlik maşaqqatli iş ekanligi, uning ortida qançadan-qança insonlarning mehnati turgani, elektr bir vaqtning özida işlab çiqarilib, iste'mol qilingani bois uni zahiraga yiğiş imkoni yöqligi haqida sözlab berildi. Albatta, undan tejamkorlik bilan oqilona foydalanişning oddiy usullar borasida ham maslahatlar berib ötildi. Zero, öquvçilarda tejamkorlik tuşunçalarini şakllantiriş orqali, ularning ongida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş, yer, yer osti boyliklari, suv hamda boşqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik ekani, ulardan oqilona foydalaniş zarurligini anglaşni örgatiş mumkin.

Yöqsa, elektr işlab çiqarişni qançalik oşirmaylik, uning sarfini tartibga solmas ekanmiz, yildan yilga ortib borayotgan talabni qondiriş juda muşkul. Birgina telefon quvvatlagiçini olaylik. U tokka ulangan holda kunu tun qolsa, örtaça bir oyda 1,5 kVt⋅soat, yiliga 18 kVt⋅soat energiya sarflaydi.

Mutaxassislarimizning elektr energiya tejamkorligini ta'minlaş maqsadida ötkazgan örganişlaridan ma'lum bölişiça, hozirda yurtimizdagi har bir xonadonda bir yilda örtaça 400 kVt⋅soatgaça elektr energiyasini tejaş imkoniyati mavjud. Bu körsatkiç yurtimiz böyiça 1,8 milliard kVt⋅soatga aylanadi.

Taqqoslaydigan bölsak, uşbu tejalgan energiya bilan aholisi örtaça bölgan bir viloyatni bir yil mobaynida uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlaş mumkin. Körinib turibdiki, xonadonlarda, işlab çiqariş sanoati va boşqa turli tarmoqlarda elektr energiya tejamkorligini ta'minlaş ustuvor vazifa bölib qolmoqda.

Qolaversa, elektr energiyani tejaş orqali ekologik barqarorlikka ham munosib uluş qöşiş mumkin. Zero, 1 kVt⋅soat elektr işlab çiqariş jarayonida atmosferaga 0,06 kilogramm kömir çiqindisi, 0,12 metr kub is gazi çiqadi. Demak, iste'molçi elektr energiyadan oqilona foydalansa, ham tabiiy ne'matlarni tejaşga, ham atrof-muhit musaffoligiga öz uluşini qöşgan böladi. Şuningdek, iste'molçini ortiqça mablağ sarflaşdan ham asraydi.

Tadbir davomida öquvçilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari hayotiy misollar bilan javob berişdi. Qayd etiş joizki, «Hududiy elektr tarmoqlari» bunday ma'naviyat darslarini ayni vaqtda barça hududlarda ötkazmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati