Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalaniş va uni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
2019-2022 yillarda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirişning maqsadli parametrlari;
Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”;
Xalqaro moliya institutlari, şu jumladan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Samarqand viloyati böyiça istiqbolli investitsiya loyihalari röyxati;
Samarqand viloyatida avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va turizm marşrutlari böyiça piyodalar köçalarini quriş obektlarining röyxati tasdiqlandi.
Quyidagilarga:
Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari - transport vaziri A. J. Ramatovga - Samarqand viloyatida transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantiriş tadbirlarining samarali amalga oşirilişi;
Özbekiston Respublikasi boş vazirining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari A. A. Abduhakimovga Samarqand viloyatida turizmni rivojlantiriş böyiça maqsadli parametrlar va vazifalarning öz vaqtida bajarilişi;
Samarqand viloyati hokimi E. O. Turdimovga - turizm infratuzilmasi obektlarini quriş uçun yer uçastkalarining öz vaqtida ajratilişi, şuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanişini ta’minlaş böyiça javobgarlik yuklandi.
Belgilanişiça, 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab YuNeSKO Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan hududlar, şu jumladan bufer zonalardan taşqari, Samarqand şahridagi yer uçastkalari mehmonxonalar quriş uçun jismoniy va yuridik şaxslarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonçasida elektron onlayn-aukitsoi orqali taqdim etiladi va quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanadi:
maydoni 6 sotixdan 15 sotixgaça bölgan yer uçastkasini ajratişda investorga 50 ta xonadan kam bölmagan mehmonxona quriş;
maydoni 15 sotixdan 30 sotixgaça bölgan yer uçastkasini ajratişda holatda - 100 xonadan kam bölmagan mehmonxona;
50 sotix va undan ortiq maydonga ega yer uçastkasini ajratişda - 200 ta xonadan kam bölmagan, 3-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona quriş yuklanadi.
Belgilanişiça, Samarqand şahrining quyidagi asosiy köçalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda, 2019-2021 yillarda turizm infratuzilmasi taşkil qilinadi:
“Universitet” xiyoboni - piyodalar uçun alleya va turistlar dam olişi uçun şaroit yaratiş (“Wi-Fi” zonalar, zamonaviy yoritiş, veloyölak va yuguriş uçun yölaklar va boşqalar);
Islom Karimov köçasi - piyodalar alleyasini milliy usulda va örta asrlar ruhida obodonlaştiriş;
Alişer Navoiy va Puşkin köçalari - musiqaçilar, rassomlar, köça aktyorlari va tez ovqatlaniş nuqtalari bilan birga piyodalar alleyasini taşkil etiş;
Orzu Mahmudov köçasi - gastronomik turizmni rivojlantiriş böyiça maxsus hudud taşkil qiliş, xususan, turli mamlakatlar taomlari tayyorlanadigan ovqatlaniş nuqtalarini taşkil qiliş va ularni tungi vaqtda ham işlaşini ta’minlaş.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi uç oy muddatda Samarqand şahridagi asosiy köçalarda turizm infratuzilmasini taşkil etiş böyiça master-rejalar işlab çiqilişini ta’minlaydi.
Samarqand viloyati hokimligi master-rejalar işlab çiqilganidan söng bir oy muddatda ularni xususiy investorlarning eng yaxşi takliflarini belgilangan tartibda tanlab oliş va muhandislik hamda kommunikatsiya tarmoqlariga ulaşni ta’minlaş orqali amalga oşirilişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining:
Amir Temurning “Boği baland” va “Boği Şamol” boğlari joylaşgan joyini aniqlaş opqali xususiy investorlarni jalb qilgan holda, ularni qayta taşkil etiş va tarixiy qiyofasini qayta tiklaş;
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan Amir Temurning 12 ta boği haqidagi axborotni ular joylaşgan joyi, har bir boğning xususiyatlari, maydoni, yaratiliş tarixini yorituvçi interfaol xaritalar işlab çiqiş;
Samarqand viloyati mahalliy budjeti va Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan YuNeSKO bilan kelişilgan holda, "Şeroz qal’a” (Bulunğur tumani), “Dobusiya” (Paxtaçi tumani), Revdat şaharçasi - Kofir qal’a (Samarqand tumani), Afrosiyob şaharçasidagi (Samarqand şahri) arxeologik yodgorliklarni restavratsiya qiliş;
arxeologik yodgorliklar hududida davlat-xususiy şeriklik şartlar asosida “oçiq osmon ostidagi” muzeylarni taşkil qiliş va taşrif buyuruvçilarni elektron hisobga oliş tizimlarini joriy etiş, quriliş işlarini amalga oşirmasdan sanitariya-gigiyena punktlarini, şuningdek, suvenir mahsulotlar sotilişini taşkil qiliş.
Tajriba sifatida uç yil muddatga şunday tartib örnatiladiki, unga köra 2020 yil 1 yanvardan;
a) Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan Samarqand viloyati madaniy meros obektlari va me’moriy yodgorliklariga kiriş joylariga elektron hisoblaş tizimlariga ega zamonaviy turniketlar tanlov asosida sotib olinadi, montaj qilinadi va örnatiladi;
b) Samarqand viloyatining madaniy meros obektlari va me’moriy yodgorliklari obektlarida çiptalar aylanmasining yagona elektron tizimi asosida elektron biletlar sotilişidan tuşgan pul mablağlarini taqsimlaş mexanizmi joriy etiladi, unga köra 2018 yil yakunlari böyiça tuşgan mablağlar, uşlab qolinib, balans saqlovçilar hisob-raqamlariga yönaltirilgandan söng quyidagi tartibda taqsimlanadi:
25 foizi - Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasiga obektni rekonstruksiya va restavratsiya qiliş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun;
25 foizi - balans saqlovçilarning hisob-raqamiga obekt hududida obodonlaştiriş işlarini ötkaziş va qulay şaroitlar yaratiş uçun;
50 foizi - Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyiş etiş uçun;
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tajriba yakunlari böyiça uç oy muddatda uşbu mexanizmni respublikaning boşqa hududlaridagi madaniy meros obektlari va me’moriy yodgorliklarida joriy etişning maqsadga muvofiqligi töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Samarqand viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Quriliş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda quyidagilar nazarda tutilgan taklifni ikki oy muddatda işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
Samarqand viloyatining eşkak eşiş kanaliga tutaş hududni zamonaviy kompleks infratuzilma va turistik zonalar, şu jumladan dam oliş zonalari, mehmonxonalar, bolalar maydonçalari, suziş havzalarini yaratiş bilan birgalikda rekonstruksiya qiliş;
“Imom Al-Buxoriy" majmuasiga tutaş hududlarni turizm infratuzilmasini quriş, şuningdek, ziyoratçilar va turistlar uçun qöşimça qulayliklar, şu jumladan “halol” standart böyiça umumiy ovqatlaniş obektlari, diniy marosimlar va dam oliş uçun joylar yaratiş bilan birgalikda rivojlantiriş;
“Alpomiş“ zavodi (sobiq “Krasnyy dvigatel”) hududida zamonaviy dam oliş va köngiloçar industriyaga ega “Turistik markazi”ni faqat YuNeSKOning roziligi olingandan söng taşkil etiş.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasi obektlarini rivojlantirişga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun tijorat banklariga xalqaro moliya institutlarining 100 million AQŞ dollari miqdoridagi kredit liniyalarini jalb qiliş masalasini ikki oy muddatda işlab çiqadi.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
a) Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
istiqbolli yönalişlar böyiça mavjud turizm ehtiyojidan kelib çiqib, xorijiy aviakompaniyalar bilan yangi aviaqatnovlar oçiş töğrisida muzokaralar ötkaziş;
mahalliy va xorijiy turistik kompaniyalar buyurtmanomalariga asosan “Samarqand” xalqaro aeroportida xorijiy turistlarni taşiş uçun charter reyslarni amalga oşirişni taşkil qiliş;
b) “Uzbekistan Airports” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda Samarqand şahriga MDH, XXR, Indoneziya, BAA, Bangladeş, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlaridan turistlar oqimini köpaytiriş uçun aviamarşrutlar işlab çiqiş;
v) “Özbekiston temir yöllari” AJ, Quriliş vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand şahrida arqonli yöl quriş konsepsiyasini uç oy muddatda işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
“Registon” ansamblini muhofaza qiliş va undan foydalaniş direksiyasi Samarqand viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab:
Turizm mavsumi davomida “Registon” kompleksining har kuni soat 7:00 dan (mart-noyabr) 24:00 gaça iş rejimi örnatilişini;
turistlar uçun turizm xizmatlarini monetizatsiyalaşga qaratilgan tegişli xizmatlar taşkil etilişini (teatr şoular taşkil qiliş, havo şarida ekskursiya, ansambl tarixi haqida qisqa metrajli filmlar namoyişi va boşqalar);
turizm xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş maqsadida, obekt hududida axborot körsatkiç belgilari örnatilişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi:
Samarqand viloyatining madaniy meros obektlari va me’moriy yodgorliklariga elektron çiptalar böyiça kiriş rejimiga rioya etilişini nazorat qiliş va turniketlardan ötişda inson omilining bartaraf etilişi;
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda “Registon” ansamblida lazerli “3D-mapping" namoyişi vaqtida jamoat tartibini muhofaza qilişi taşkil etilişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilam birgalikda uç oy davomida:
mavsum bölmagan davrda (20 noyabrdan 20 fevralgaça) respublika fuqarolari uçun narx belgilaş qayta körib çiqilişi va çegirmalar tizimini joriy etiş;
Samarqand şahrining madaniy meros obektlari va me’moriy yodgorliklarning soat 22:00 gaça işlaşini ta’minlaş orqali iş vaqtini qayta körib çiqiş böyiça çoralar köradi.












