Rasul Kusherbayev: «Artel» monopoliya sari intilishda rasman siyosiy suyanchiqqa ega bo‘ldi»

Rasul Kusherbayev / Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev monopoliya va Artel kompaniyasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, monopoliya sharoitida bir inson yoki bir guruh shaxslarning boyishi, yaxshi yashashi uchun boshqalar qurbon qilinadi.
“Bu fikrlarimni saylov jarayoni yoki boshqa shaxsiy manfaatlarga aloqasi yo‘q, deb qabul qilishlarini istardim.
Men monopoliyaning har qanday shakliga qarshiman. Bizdagi ko‘pgina mag‘lubiyatlar u sabab va afsuski davlat manfaatlari yuzasidan tabiiy monopoliyaga hozircha chidash kerak bo‘lyapti, biroq bu ham vaqtincha.
Chunki monopoliya sharoitida bir inson yoki bir guruh shaxslarning boyishi, yaxshi yashashi uchun boshqalar qurbon qilinadi. Monopoliya erkinlikni cheklaydi, raqobatni o‘ldiradi, rivojlanishni ortga qaytaradi, u jamiyatni iqtisodiy qullikka yetaklaydi. Balki oshirib yuborgandirman, lekin bor gap shu.
“Artel” monopolist emasligiga ishongimiz keladi, haqiqatan de yure u monopolist emas va bunga intilmayapti, biroq de fakto intilyapti. Buni import mahsulotlariga qo‘yilayotgan turli to‘siq va oshirilgan bojlar misolida ko‘rsa ham bo‘ladi.
Yaqinda iqtisodchi Yuliy Yusupov importdagi cheklovlar ortidan “Artel”ni qulog‘i ko‘rinayotganini, bizning vazirlik va idoralar birgina kompaniya manfaatlari uchun ishlayotgandek tuyulayotganini bildirgandi. O‘z o‘rnida, “Artel” normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, O‘zbekistonda iqtisodiyot erkin bozor prinsiplariga ko‘ra ishlashini ma'lum qildi. Oddiy aytganda “Artel” lobbizm bilan shug‘ullanmagan. Men bunga ishonaman. Chunki rasman “Artel”da siyosatda lobbizm uchun siyosiy suyanchiq yo‘q. Amalda esa... Unga birgina shu narsa rasman yetishmayotgandi.
Kuni kecha “Artel” "Milliy tiklanish" partiyasini tanlaganini angladim, partiya emas, “Artel” tanladi va monopoliya sari intilishda siyosiy "krisha"ga ega bo‘ldi rasman. Endi lobbizm bilan rasman shug‘ullanish va qonunchilik orqali de yure monopol bo‘lishga harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Iqtisodiyotda barcha uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilmas ekan, ko‘pchilik kamchilikning manfaati uchun qullikka mahkum bo‘ladi. Biz iqtisodiyotda erkinlik, tenglik va monopoliyadan holilik tarafdorimiz.
“Milliy tiklanish”ga e'tirozim yo‘q, omadini bersin. Faqat monopoliya nima ekanligini unutmasalar bo‘ldi.
O‘zimni esa bir savol o‘ylantiryapti: “Artel” monopoliya uchun “krisha”likka boshqa partiyani tanlaganda vaziyat qanday bo‘lardi?” - deb yozadi Rasul Kusherbayev.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

00:22 / 09.02.2025