Avtomonopoliya yana öz qudratini köz-köz qildi: elektromobil importiga bahaybat tösiq qöyilmoqda. Beşta hududda fermerlarga mustaqillik e’lon qilindi: ular özlari xohlagan narsani ekişi mumkin böladi. Uy-joy qurilişida yangiliklar: eskrou tizimining tafsilotlari ma’lum. Ortda qolayotgan muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Elektromobillarga utilizatsiya yiğimi 4 barobarga oşirildi

Oxirgi yillarning eng salbiy kutilmalaridan biri baribir amalga oşdi. Jizzaxda elektromobil yiğiş boşlanganidan bir yil ötar-ötmay, importga navbatdagi ulkan tösiq kiritilmoqda.

Özbekiston boş vaziri 31 yanvarda imzolagan, 4 fevral kuni e’lon qilingan qarorga binoan, 1 maydan boşlab işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi BHMning 30 baravaridan 120 baravarigaça, ya’ni amaldagi 11 mln sömdan 45 mln sömgaça oşiriladi. Bu esa BYD'ning dilerlik tarmoğidan taşqaridagi import elektrokarlar narxi kamida 2600 dollarga qimmatlaşişini anglatadi.

Yaqindagina qonunosti hujjatlar keng jamoatçilik bilan muhokama qilinmayotganiga eng yuqori darajada e’tiroz bildirilganiga qaramay, qaror jamoatçilik muhokamasiga qöyilmasdan qabul qilindi. Qaror nomida “akkumulyator” sözi xato yozilgani esa hujjatning hatto zaruriy ekspertizalardan ham ötganiga savollar tuğdirmoqda. Utilizatsiya yiğimi karrasiga oşirilgani yuzasidan hukumat rahbari ham, taşabbus mualliflari deb körsatilgan vazirlar ham izoh bermadi. Yangi saylangan deputatlar şov-şuvli qaror böyiça heç kimni parlamentga çaqirmadi.

Aholining elektromobillardan foydalanişini rağbatlantiriş haqida bot-bot yangrayotgan bayonotlar fonida paydo bölgan bu qaror, kelib-kelib yaşil iqtisodiyot yilida qabul qilingani, taklif mualliflari qatorida Ekologiya vazirligi ham körsatilgani, yiğimni oşirişdan maqsad “yaşil texnologiyalardan foydalanişni kengaytiriş” deb e’lon qilingani, qaror ijrosini ta’minlaş Jahon savdo taşkilotiga kiriş jarayonlariga mas’ul Jamşid Xöjayevga topşirilgani – tarmoqlarda turli kinoya va kesatiqlarga sabab bölmoqda.