2019 yilning yanvar – sentyabrida 72,4 mingta yangi kiçik korxona va mikrofirmalar taşkil qilindi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,9 martaga köp.
Davstatqöm xabariga köra, eng köp kiçik korxona va mikrofirmalar savdoda (38,6 foiz), sanoatda (21,8 foiz), qurilişda (10,0 foiz), qişloq, örmon va baliq xöjaligida (7,5 foiz), yaşaş va ovqatlanişda (7,5 foiz), taşiş va saqlaşda (3,3 foiz) taşkil etilgan.
2019 yilning yanvar – sentyabrida yangi taşkil topgan kiçik korxona va mikrofirmalar hududlar böyiça eng köp Toşkent şahrida – 14485 ta, Toşkent viloyatida – 7124 ta, Samarqand viloyatida – 6166 ta. Farğona viloyatida – 5747 ta, Buxoro viloyatida – 5097 ta, Navoiy viloyatida – 5092 ta, Andijon, Namangan, Qaşqadaryo, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida bu körsatkiç örta darajada bölib, 4546 – 2993 tani taşkil etgan. Eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida – 2031 tani taşkil etgan.
2019 yil yanvar - sentabr holatiga hududlar böyiça yangi taşkil topgan kiçik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng köp uluş Toşkent şahri – 20,0 foiz, Toşkent viloyati - 9,8 foiz, Samarqand viloyati - 8,5 foiz, Farğona viloyati – 7,9 foiz, Buxoro viloyati - 7,0 foiz, Navoiy viloyati - 7,0 foiz, Andijon viloyati - 6,3 foiz, Namangan viloyati - 6,2 foiz va Qaşqadaryo viloyatida - 5,8 foizni taşkil etdi.
2019 yilning yanvar-sentyabrida kiçik tadbirkorlik sub'yektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar böyiça eng köp körsatkiç Toşkent şahrida 27,9, Sirdaryo viloyatida 17,1, Navoiy viloyatida 16,8, Jizzax viloyatida 15,3, Toşkent viloyatida 14,7, Buxoro viloyatida 14,5, Farğona viloyatida 12,1, Andijon viloyatida 11,7 birlikda, Qaşqadaryo viloyatida 11,5, Qoraqalpoğiston Respublikasida 11,5, Xorazm viloyatida 10,4, Namangan viloyatida 9,9, Samarqand viloyatida 9,7, Surxondaryo viloyatida esa 8,1 birlikka uşbu körsatkiç past bölib qolmoqda.












