Davlat statistika qömitasi bozorlardagi narx-navo töğrisida ma'lumot berdi. Qömita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 29 oktabr kuni kuzatuv ötkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol göşti (lahm göştidan taşqari) 35 000 sömdan 57 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 söm). Mol göştining maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 söm).

Qöy göşti 36 000 sömdan 63 000 sömgaça (kg)

Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da (36 000) sömdan röyxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (63 000) sömdan kuzatildi.

Kartoşka 1 200 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga köra, kartoşkaning minimal narxi Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori» va «Eski jöva dehqon bozori»da (1 200 sömdan), maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 söm) qayd etildi.

Piyoz 1 000 sömdan 3 500 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon şahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon şahar markaziy dehqon bozori», Jizzax şahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarşi şahrining «Qarşi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand şahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyöl şahrining «Ixtisoslaşgan Yangiyöl şahar dehqon bozori», Farğona şahrining «Farğona şahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) sömdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 söm).

Sabzi 1 000 sömdan 5 000 sömgaça (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Andijon şahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon şahar markaziy dehqon bozori», Buxoro şahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Farğona şahrining «Farğona şahar markaziy dehqon bozori» va Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000) sömdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000) sömdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 sömdan 10 000 sömgaça (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga köra, minimal narxi Farğona şahrining «Farğona şahar markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Qöyliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 söm). Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Qöyliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 söm).

Guruç 4 000 sömdan 18 000 sömgaça (kg)

Guruç mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da (4 000 sömdan), maksimal narx esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi 18 000 söm).

Ösimlik yoği 9 000 sömdan 13 500 sömgaça (1 l.)

Ösimlik yoği mahsulotlari kuzatuv natijasiga köra, minimal narxi Samarqand şahrining «Siyob dehqon bozori», Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qöyliq dehqon bozori»da (9 000) sömdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro şahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (13 500) sömdan kuzatildi.

Şakar 5 200 sömdan 7 000 sömgaça (kg)

Şakar mahsuloti kuzatuv natijasiga köra, minimal narxi Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jöva dehqon bozori» va «Qöyliq dehqon bozori»da (5 200) sömdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (7 000) sömdan kuzatildi.