Oltin medalning «ikkiga bölinişi»

Balandlikka sakraş bahslari olimpiada tarixiga kirdi. Bu yönalişda ğoliblik uçun qatarlik Mutaaz Essa Barşim hamda italiyalik Janmarko Tamberi kuraş olib bordi. Har ikki atlet 2,37 metr balandlikdan ötdi, ammo 2,39 metrdan ötolmadi. Natijalar teng bölgaç, hakamlar nima qilişni bilmay turganda, ikki ğolibdan zör taklif çiqdi: «Ikkimizga ham oltin berişning imkoni yöqmi?». Hakamlar buni imkonli iş deb topişdi va har ikki atlet olimpiada oltin medalini qölga kiritdi.

Italiyalik Tamberi Rio olimpiadasidan oldin ham juda zör formada edi. U yaxşi mavsum ötkazgan, olimpiada boşlanişiga 21 kun qolganda milliy rekordni yangilab, «Brilliant liga» bosqiçida ğolib bölgandi. Çempionlikni qölga kiritib bölgaç, 2,41 metr balandlikdan ham sakraşga harakat qilib, jarohat oladi. Oqibatda olimpiadaga bora olmaydi. «Gips va qöltiqtayoq bilan yiğlab boşqa sportçilarning çiqişlarini tomoşa qilardim», deb eslaydi öşa onlarni atlet.

Jarohatdan tiklangaç, Tamberining işlari yurişmaydi. Musobaqalardan biridan keyin atlet oldingi kabi sakray olmayotganidan ezilib, xonasiga kirib yiğlaydi. Şunda Tokio olimpiadasida u bilan birga oltin olgan qatarlik Mutaaz Essa italiyalik dösti va raqibining xonasi eşigini taqillatadi. Mutaaz Tamberi eşikni oçgunça kutib turadi. Keyin ular uzoq gaplaşişadi. Tamberi yiğlaydi, Mutaaz esa unga şuğullanişda davom etişi kerakligini aytadi. «Senga işonmayotganlar uçun emas, özing uçun şuğullanişda davom et», deydi qatarlik yigit.

Mutaazning gaplari italiyalikka kuç bağişlaydi. Buni qarangki, bu ikki raqib va döst atletlar Tokioda birgalikda oltin olişdi. Hakam ularga «Agar kelişsangiz, ikkingizga ham oltin beramiz» deganida ikki sportçi javob ham bermay bir-birini quçoqlab ketadi. Buni tuşungan hakamlar tarixda ilk marta oltin medalni ikki sportçiga berişadi. Ikki raqibning xursandçiligi tasvirlangan video butun dunyoga tarqaldi.

Janmarko bu voqeani şunday eslaydi: «Men bunga butun umrimni bağişladim, juda xohladim va bir kun orzumga yetişim haqida öylaşni heç qaçon töxtatmadim».

Janmarko öz gipsini saqlab qöyib, uni Tokioga ham olib kelgandi

Qatarlik atlet allaqaçon olimpiadada bronza va kumuş yutgandi. U oltin yutmasdan faoliyatini töxtatmaslikka qaror qilganini aytdi. «Olimpiadani yutmay nafaqa çiqişni istamadim. Oltinni bu yigit bilan bölişib, yengillik his qildim. Töğrisi, bundan ortiq xursandçilik bölişi mumkin emas», deydi Mutaaz.