Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonini olib borgan bir neça amaldorlar poraxörlikda gumon qilinmoqda. Olimpiada dastlab 2020 yilning yozida bölib ötişi kerak edi, ammo pandemiya tufayli bir yilga qoldirildi. Natijada, öyinlar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar ötkazildi.

Taşkiliy qömita sobiq rahbari Xaruyuki Takaxaşi şu yilning avgust oyida hibsga olindi. Iyul oyi oxirida prokurorlar 78 yoşli Takaxaşining uyida tintuv ötkazişdi. Şuningdek, Densu kompaniyasi ofisi ham közdan keçirildi. Takaxaşi uşbu kompaniya rahbariyati a’zosi edi.

Densu kompaniyasi Tokio öyinlari uçun homiylarni tanlab oliş bilan şuğullangan. Hozirda uning bir neça xodimlari hibsga olingan.

Xaruyuki Takaxaşi. Foto Global Look Press

Yaponiya poytaxtida nimalar bölyapti?

Rahbarning hibsga olinişi

Tokio-2020 Olimpiada öyinlari taşkiliy qömitasi sobiq rahbari 45 million iyena (taxminan 400 ming dollar) pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, amaldor rahbarlik qilgan kompaniya bu pullarni AOKI kiyim-keçak işlab çiqaruvçi kompaniyasidan konsalting şartnomasi asosida olgan. Şu bilan birga, AOKI qömita uçun rasmiy liboslar tikiş va Olimpiya ramzlaridan foydalaniş böyiça buyurtmani qölga kiritgan.

Takaxaşi ayblovlarni inkor etmoqda va konsalting xizmatlari Olimpiada uçun emas, balki umuman sport bilan boğliqligini ta’kidlamoqda. Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) qoidalariga köra, taşkiliy qömita rahbari davlat xizmatçisi sifatida öz faoliyati uçun haq oliş huquqiga ega emas.

NHK telekanali xabariga köra, Kadokawa kompaniyasi öyinlarga homiylik huquqini oliş uçun Takaxaşiga 69 million iyena (490 ming dollar) tölagan. Uşbu maqomni olgandan söng, ular konsalting firmasi hisobiga umumiy hisobda 540 ming dollar ötkazib berişgan. Kadokawa öyinlar uçun bosma materiallar va qöllanmalarni işlab çiqargan. Biroq, kompaniya rahbari uşbu tölovlarni pora deb hisoblamayapti, çunki pullar şaxsan Takaxaşiga berilmagan.

Kyodo agentligi xabariga köra, Takaxaşi yana 26 million iyena (185 ming dollar) miqdorida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Reklama bilan şuğullanuvçi Daiko Advertising kompaniyasi Takaxaşiga yaqin bölgan biznesmen boşqaradigan konsalting firmasiga uç marta pul ötkazgan. Tergov ma’lumotlariga köra, yaponiyalik amaldor ötkazilgan mablağlarning bir qismini olgan. Bu Takaxaşining ehtimoliy poraxörligi bilan boğliq uçinçi holat. Daiko Advertising kompaniyasi tergov bilan hamkorlik qilişini ma’lum etdi.