Toşkent şahrida Belarus – Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti taşkil etilyapti.
Prezident tomonidan imzolangan qarorga köra, Belarus Respublikasi Ta'lim vazirligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Belarus milliy texnika universiteti, Respublika kasb-hunar ta'limi instituti (Belarus Respublikasi) va Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Toşkent şahrida Belarus – Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Institutning asosiy faoliyat yönalişlari va vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq, şu jumladan, qöşma ta'lim dasturlari asosida respublika sanoat tarmoqlarining eng muhim ilmiy-işlab çiqariş masalalarini hal eta oladigan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça tayyorlaş;
oliy va kasb-hunar ta'limining zamonaviy ta'lim dasturlari va şakllarini işlab çiqiş va tatbiq etiş, ta'lim jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etiş;
bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga muvofiq yangi öquv dasturlari, darsliklar, öquv qöllanmalari yaratiş orqali öquv-uslubiy işlar sifati va darajasini oşiriş;
ta'lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi hamda jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalaşiş hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, pedagogik texnologiyalar va ta'lim usullarini faol takomillaştiriş;
işlab çiqariş tizimlarida tejamkorlik, işonçlilik va barqaror faoliyatni oşirişga yönaltirilgan, maşinasozlik, mexanika, işlab çiqarişni avtomatlaştiriş, biotexnologiya, metrologiya va standartlaştiriş hamda sanoat işlab çiqarişning boşqa tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, innovatsion loyihalarni amalga oşiriş;
ta'lim, fan va işlab çiqarişning mustahkam integratsiyasi uçun şaroitlar yaratiş;













