Isroil boş prokuraturasi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuga uçta jinoiy iş böyiça ayblov bildiriş qarorini qabul qildi. Netanyaxu uşbu işlar böyiça gumonlanuvçi sifatida ötayotgandi, deb xabar berdi Times of Israel naşri.
Ta'kidlanişiça, Isroil boş prokurori Avixay Mandelblit adliya vazirligidagi çiqişi vaqtida Netanyaxuga poraxörlik, işonçni suiiste'mol qiliş va firibgarlik böyiça ayblovlar e'lon qiladi.
The Jerusalem Post naşrining yozişiça, Mandelblit knessetdan (parlament) boş vazirni immunitetdan mahrum qilişni söraydi va bu jarayon 30 kungaça vaqt olişi mumkin. Naşrning ta'kidlaşiça, deputatlar odatda immunitetdan mahrum qiliş böyiça belgilangandan ertaroq qaror çiqaradilar, biroq Netanyaxu bu jarayonni çözişga harakat qilişi mumkin.
Agar Netanyaxuga poraxörlik ayblovi bildirilsa, u boş vazir vazifasini bajarişni davom ettira olmaydi. Biroq tergov jarayoni uning saylovlarda iştirok etişi va boş vazir lavozimiga qayta saylanişiga tösqinlik qilmaydi.
Netanyaxu “4000 işi” doirasida “Bezek” telekommunikatsiya kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketi egasi Şaul Yeloviçga “Bezek” saytida Netanyaxu haqida ijobiy axborot beriş evaziga turli erkinliklar taqdim qilgan. Bu uçta işdan eng jiddiysi hisoblanadi.
“1000 işi” doirasida Isroil boş vaziri biznesmenlardan ba'zi xizmatlari uçun sovğalar olganlikda gumon qilinmoqda.
“2000 işi” böyiça Netanyaxu “Yediot axronot” gazetasi egasi Arnon Mozes bilan til biriktirganlikda gumon qilinmoqda. Tergovning fikriça, gazeta Netanyaxuning raqobatçi gazetaga zarar yetkaziş va'dasi evaziga boş vazir haqida ijobiy maqolalar çop etgan.
Oktyabrda uşbu işlar böyiça bir neçta sud majlislari bölib ötgan, ular davomida Netanyaxuning himoyaçilari siyosatçini unga qöyilayotgan ayblovlarga aloqasi yöqligini isbotlaşga harakat qilganlar.












