The Guardian naşrining xabar berişiça, Li Sedol bunday qarorni sun'iy ongni mağlub etişning iloji yöqligi sababli qabul qilgan.
2016 yilda Li Sedol AlphaGo öyiniga qarşi 5 ta öyindan iborat bellaşuvda 4 marta mağlub bölib, bir martagina kompyuter ustidan ğalaba qozona olgan. U uşbu dasturni mağlub eta olgan yagona inson hisoblanadi, ammo dastur algoritmi 3 yil içida yanada takomillaşgan.
“Men dunyoda birinçi raqamli bölsam ham, biroq mağlub etib bölmaydigan nimadir bor böladi”, deb aytgan go öyini böyiça 18 karra jahon çempioni kompyuter öyinini nazarda tutib.

Go öyini Xitoyda 3 ming yil avval paydo bölgan. Uşbu öyin Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada ommalaşgan. Öyinçilar oq va qora toşlarni 19x19 li taxtada joylaştirib, köproq hududni egallaşlari kerak. Ta'kidlanişiça, uşbu öyinning ehtimoliy ssenariylari soni butun koinotdagi atomlardan köproq, deb hisoblanadi.
36 yoşli Li Sedolning özi kompyuter ustidan qozongan yagona ğalabasini dasturdagi nosozlik bilan tuşuntiradi.












