Estoniya Taşqi işlar vazirligi 18 may, yakşanba kuni Rossiyani Green Admire neft tankerini qölga olişda aybladi. Gretsiya kompaniyasiga tegişli bölgan Liberiya bayroği ostidagi kema Estoniyaning Sillamyae portini tark etgan va avval kelişilgan yönaliş böyiça Rossiya hududiy suvlari orqali suzib ötayotgandi, deb xabar berdi Tallin. Estoniya bandargohini tark etgan kema slanets neftini olib ketayotgan edi, deb xabar berdi ERR Estoniya media kompaniyasi.

Yarim tunda Rossiya vakillari kemani töxtatib, uni Rossiyaga qaraşli Gogland oroliga yönaltirdi va u yerga ertalab soat 4 larda yetib keldi, deya qöşimça qildi ERR. Jurnalistlarning sözlariga köra, kema hozirda uşbu orol yaqinida langar taşlagan.

«Sillamyae portidan çiqib ketayotganda, kemalar Rossiya Federatsiyasi hududiy suvlari orqali ötadi, çunki bu yönaliş katta kemalar uçun Estoniya suvlaridagi qirğoqlar orasidan ötişdan köra xavfsizroqdir. Kemalar uçun bu xavfsiz yönaliş Rossiya, Estoniya va Finlyandiya örtasida kelişilgan», deb tuşuntirdi ERR.

«Kelajakda şunga öxşaş hodisalarning oldini oliş uçun Estoniya Sillamyaega va undan harakatni faqat Estoniya hududiy suvlari orqali yönaltiradi», — deyiladi Estoniya TIV matbuot bayonotida. Uning rahbari Margus Tsaxknaning aytişiça, Rossiya özini «oldindan aytib bölmaydigan darajada» tutmoqda. «Men ittifoqçilarimizni sodir bölgan voqea haqida xabardor qildim», deb qöşimça qildi u.