Ispaniya La Ligasi 2018/19 yilgi mavsum uçun klublar televizion huquqlardan qança daromad körganligini e'lon qildi.

2017/18 yilgi mavsumda bu boradagi umumiy daromad - 1,325 milliard klublar örtasida taqsimlangan bölsa, sönggi mavsumda 1,42 milliard yevro klublar örtasida özaro taqsimlandi.

Bu borada eng katta daromad qilgan klub «Barselona» böldi. Kataloniya jamoasiga umumiy mablağdan 166,5 million yevro ajratilgan. Ötgan mavsumda 3-örinni egallagan «Real» esa 155,3 million yevro olgan. Bu «Barsa»ning daromadidan 11,2 mln. kam demakdir.

Şuningdek, «Atletiko»ga 119,2, «Sevilya»ga esa 80,1 million yevro nasib qilgan. Sönggi örinni olgan «Ueska» esa 44,2 million yevro işlab olgan.