19 dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida IIV Kadrlar boş boşqarmasi bölim boşliği Farid Abdiyev içki işlar xodimlari orasida öz joniga qasd qiliş holatlari haqidagi savolga javob berdi.
«Suitsidlar asosan xizmat faoliyati bilan boğliq bölmagan holatlarda sodir böladi. Oilada, qanaqadir qarzdorlik bölgan holatlarda röy berişi mumkin. Lekin xizmatning iş yuklamasidan kelib çiqib suitsid qilingan holatlar yoki xizmat paytida özini qanaqadir xizmat quroli bilan [otib öldirgani] kamdan-kam bölgan holat. Oldinlari bölgani haqida eşitganman, lekin sönggi paytlarda bunaqa holatlar kuzatilgani yöq», deya Farid Abdiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
IIV mulozimi içki işlar xodimlari iştirokida öz joniga qasd qiliş holatlari yuz berganini tan oldi. Biroq bularning barçasi oilaviy va şaxsiy hayotidagi voqealar, ijtimoiy muammolardan kelib çiqib yuz bergani aytildi. Uning sözlariga köra, içki işlar xodimlarining suitsidga qöl urişi bilan boğliq körsatkiç u qadar köp emas.
Avvalroq IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasining Toşkent viloyati manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bölimi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxöja Abrorov öz kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgani xabar qilingan, Prezident qarori bilan «Özbekiston Respublikasi Boş psixiatri» va «Özbekiston Respublikasi Boş suitsidologi» lavozimlari joriy etilgan edi.








