Özbekiston Respublikasi Prezidenti “2019-2025 yillarda Özbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qiliş xizmatini rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi va Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasining Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi lavozimlari röyxatiga “Özbekiston Respublikasi Boş psixiatri” va “Özbekiston Respublikasi Boş suitsidologi” lavozimlarini kiritiş töğrisidagi taklifi qabul qilindi.

Ruhiy holati buzilgan şaxslar ularga psixiatriya yordami körsatilişi vaqtida davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam oliş huquqiga ega ekanligi belgilab qöyildi.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi (A.K.Şodmonov):

psixiatriya yordamini oliş imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oşiriş, ruhiy holatlar buzilişining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytiriş, şuningdek, aholining körsatilayotgan davolaş-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan töliq qoniqiş hosil qilişiga erişiş maqsadida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qiliş xizmati faoliyatini yanada maqbullaştiriş yuzasidan ta'sirçan çoralar köradi;

Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi bilan birgalikda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holatlar buzilişiga taşxis qöyiş va ularni davolaş klinik protokollarini joriy etadi;

ruhiy holati buzilgan şaxslarni zamonaviy yuqori samarali dori vositalari bilan ta'minlaş böyiça çoralar köradi;

iş vaqtini xronometrajdan ötkaziş orqali aholiga psixiatriya yordami körsatişda iştirok etadigan mutaxassislar iş hajmi normativlarini kelgusida ştat normativlariga özgartişlar kiritgan holda qayta körib çiqadi;

Konsepsiya va Kompleks çora-tadbirlar ijrosi töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har çorakda axborot taqdim etgan holda, ularning sifatli va öz vaqtida ijro etilişi ustidan monitoring ötkazilişini ta'minlaydi;

Konsepsiya va Kompleks çora-tadbirlar ijrosiga, şuningdek, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilişga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bağişlangan axborot-tahliliy şarhlarni muntazam tayyorlaş va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiliş yuzasidan çoralar köradi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami töğrisida”gi qonuni loyihasini tayyorlaş va kiritişda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qiliş sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq çegaralanişini nazarda tutadi.