Toşkentda taşkil etilgan «Oliy tibbiy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oşiruvçi «HAB»ga aylantirişga doir islohotlar» mavzusida ötkazilgan xalqaro öquv-uslubiy konferensiya oçilişida Toşkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro ISO sertifikati topşirildi.
«Yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari orasidan birinçilardan bölib, institutimizning xalqaro ISO sertifikatiga ega bölganidan judayam mamnunmiz. Bu ta'lim jarayoni xalqaro standartlarga mos ravişda davom etayotgani, xalqaro reytinglarga kiriş imkoniyatimiz oşib, institutimiz nafaqat yurtimizda, balki çet elda ham öz reytingiga ega bölişini anglatadi. Umuman olganda oliy öquv yurtimiz köplab yutuqlarga erişib kelmoqda. Jumladan, ötgan yilda institutimizda «Stomatologiya Yuga-2019» xalqaro olimpiadasi ötkazildi va unda talabalarimiz eng yuqori örinlarni egalladi. Şuningdek, muassasamiz Xalqaro stomatologlar federatsiyasi, Yevropa kariyesologiya assotsiatsiyasi, Xalqaro tibbiyot talabalari uyuşmalari federatsiyasi, Amerika rinologlar jamiyati hamda Yaponiya jarrohlar uyuşmasining tölaqonli a'zosi böldi», deydi Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev.

Toşkent davlat stomatologiya instituti qisqa davr mobaynida qator yutuqlarni qölga kiritib kelmoqda. 2017-2018 öquv yilidan boşlab fakultetlarning barça kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida öqitiş yölga qöyildi.
«Bunday zamonaviy imkoniyatlar malakali kadrlar tayyorlaş, stomatologiya sohasida jahon tibbiyotining ilğor tajribalarini keng joriy etiş, xalqimizga körsatilayotgan stomatologik xizmatni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam bölmoqda. Bundan taşqari, öqituvçilarimiz va talabalarimizning xorijda malaka oşirib kelişlari, çet el oliy öquv yurtlari professor-öqituvçilarining kelib talabalarga mahorat darslari ötişlariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Institutda xalqaro qöşma ikki diplomli ta'lim dasturlari soni bakalavr bosqiçida 4ta, magistraturada 9ta, klinik ordinatura yönalişi böyiça 3taga yetdi.
Uşbu sa'y-harakatlar esa ta'lim sifati va malakali kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etayapti. Jumladan, Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan tuzilgan reytingda Toşkent davlat stomatologiya instituti yurtimiz oliy öquv yurtlari orasida 8 örinni egallab, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qölga kiritgani ham ta'lim muassasasida olib borilayotgan islohotlar samarasidir», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.











