Joriy yil 17-20 oktyabr kunlari Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov boşçiligidagi delegatsiya Turkiyada bölib qaytdi.
Safar davomida Eskişahar Osmangazi universiteti rektori K.Çolak va Craniocatch Medikal Diş Sanayi ve Ticaret A.Ş. kompaniyasi direktori I.Bayroqdor bilan uçraşuv ötkazildi.
Muloqot davomida sun’iy intellektning tibbiyotda qöllanişi va bunday tizimlarni yaratişda sun’iy neyron tarmoqlar texnologiyasi afzalliklarini örganiş, davolovçi şifokorlarga tezkor taşxislaş qarorlarini qabul qilişga yordam beriş, sohada kadrlar tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş, ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş kabi masalalar ikki oliy ta’lim muassasalari işçi guruhlari oldidagi muhim vazifalar sifatida belgilab olindi.
Uçraşuv söngida sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy ta’lim, xususan, davolaş va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tatbiq etiş yuzasidan hamkorlik şartnomasi imzolandi.
Ma’lumot örnida, Eskişahar Osmangazi universiteti 1970 yilda taşkil etilgan bölib, muassasaning 13 ta fakultetida 35 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.












