Falastin-Isroil mojarosini hal qiliş böyiça AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati tomonidan taklif etilgan taşabbus xalqaro huquqqa zid va Yaqin Şarqda tinçlikka erişişga xizmat qilmaydi. Bu haqda Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkilotining bayonotida ma'lum qilindi.
"Kelişuvda aks etgan hududlar almaşiş tamoyili Falastin hududining kelgusida ham istilo etilişiga olib kelişini anglaşimiz lozim. Falastin yerlarini yarim asrdan ortiq vaqt davomida istilo qilib kelgan Isroil falastinliklarning asosiy huquqlarini inkor etgan holda ularga nisbatan kamsitiş tizimini mustahkamladi. Bu kelişuv ana şu şafqatsiz, qonunga zid siyosatni ma'qullaş demakdir", - deyiladi taşkilotning Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika bölimi rahbari Filip Lyuterning bayonotida.
Amnesty International xalqaro hamjamiyatni Amerika rahbarining taşabbuslarini rad etişga çaqirdi.
Avvalroq Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birgalikda bergan matbuot anjumanida Vaşington tomonidan taklif qilinayotgan “asr kelişuvi” şartlarini e'lon qilgandi.
Dastlab kelişuvga köra, poytaxti Şarqiy Al-Qudsda joylaşadigan Falastin davlati taşkil etilişi ma'lum qilingan. Biroq keyinroq Netanyaxu Falastin poytaxti Al-Quds ortida, Abu-Dis şahrida joylaşişini aytgan.
Şuningdek, rejaga köra, falastinliklar öz hududini 2 barobarga oşirişlari mumkin böladi, Abbos muzokaralarga rozi bölsa, AQŞ unga Falastin davlatini taşkil etişda yordam beradi.
Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQŞ rejasini “Yaqin Şarq va butun dunyo uçun dahşat” hamda “kasodga uçragan quruvçi uçun orzudagi loyiha” ekanini aytgan.
Reja böyiça Qatar ham tanqidiy fikr bildirgan va tinçlikka erişiş uçun “falastinliklarning 1967 yildagi çegaralar hisobga olingan mustaqil davlat taşkil etiş huquqlariga amal qilinişi lozimligi”ni ta'kidlab ötgan. Şu bilan birga Dohada AQŞning arab-isroil mojarosi yeçimini topişdagi sa'y-harakatlari qadrlanişi aytilgan.
Saudiya Arabistoni ham AQŞning “asr kelişuvini” yuqori baholab, tomonlarni Vaşington vositaçiligidagi töğridan-töğri muzokaralarga çaqirgan.












