Bu haqda fuqarolik masalalari böyiça byuroga tayangan holda Beijing Daily naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, xitoyçada “02.02.2020” raqamlar ketma-ketligi öqilişi “Men seni sevaman, seni sevaman” kabi yangraydi. Şu sababli köplab nikoh qurişni istagan juftliklar “ming yilda bir marta keladigan bunday imkoniyatdan” foydalanişmoqçi bölişgan.
“Yangi koronavirus bilan çaqiriluvçi zotiljam epidemiyasining oldini oliş va uning nazoratini kuçaytiriş hamda odamlarning töplanişiga yöl qöymaslik maqsadida şaharda 2020 yil 2 fevralga rejalaştirilgan nikohlar bekor qilindi”, deyilgan xabarda.
2 fevralga nikohdan ötiş uçun ariza topşirgan juftliklarga uni boşqa sanaga köçiriş iltimos qilingan. Bundan taşqari, fuqarolarga 14 fevral va 22 fevralda ham nikohdan ötmaslik tavsiya qilingan.
Şuningdek, Xitoy poytaxtida dafn marosimlari ötkazilişini töxtatişga qaror qilingan. Pekin ma'muriyati vakili Li Vanszyunning ta'kidlaşiça, şahardagi barça dafn marosimlarini taşkillaştiruvçi 12 byuro öz işini töxtatgan. Bu ham bir yerga köp odam töplanmasligi maqsadida qilingan.













