Statistikaga köra, kelinning yoşi kuyovnikidan katta bölgan nikohlar soni hududlar kesimida Toşkent şahrida 1 809 tani taşkil etgan. Keyingi örinlarda Xorazm viloyati (1 066 ta), Qaşqadaryo viloyati (995 ta), Buxoro viloyati (979 ta) va Samarqand viloyati (967 ta) qayd etilgan.

Şuningdek, Toşkent viloyatida 928 ta, Surxondaryo viloyatida 850 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 772 ta, Farğona viloyatida 715 ta, Namangan viloyatida 509 ta, Andijon viloyatida 486 ta, Jizzax viloyatida 373 ta, Navoiy viloyatida 351 ta va Sirdaryo viloyatida 240 ta şunday nikoh rasmiylaştirilgan.

Milliy statistika qömitasi uşbu ma’lumotlarni 2025-yilda davlat röyxatidan ötkazilgan nikohlar asosida e’lon qildi.