Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi mehmonxona va restoranlar davlatdan yordam so‘ramoqda
Ko‘rilayotgan zarar dastlab yirik ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan shaharlarda sezilgan.
Germaniyadagi mehmonxona va restoranlar koronavirus sababli tadbirlarning bekor qilinishi va talabning pasayishi ortidan zarar ko‘rayotgani uchun davlatdan yordam so‘radi, deb yozmoqda Funke Mediengruppe nashri.
Ma'lum qilinishicha, bu haqda Germaniya mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish korxonalari birlashmasi (DEHOGA) bosh direktori Ingrid Xartges ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan zarar dastlab yirik ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan shaharlarda sezilgan. So‘ngra navbat qator tadbirlar bekor qilingan kichik va o‘rtacha aholi maskanlariga yetib kelgan. Bundan tashqari, mehmonxonalarni bron qilish bo‘yicha yangi so‘rovlar kelishi to‘xtagan.
Uning fikricha, ushbu salbiy holat federal hukumat va maxsus qo‘llab-quvvatlash dasturlari bo‘yicha beriladigan yordam orqali bartaraf etilishi mumkin.
Germaniyada 5 mart holatiga koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha 262 ta holat qayd etilgan. Bu Yevropada Italiya (3000 dan ortiq bemor, 107 o‘lim) va Fransiyadan (285 bemor va to‘rt o‘lim) keyin uchinchi o‘rindagi ko‘rsatkichdir.
Avvalroq Yevropadagi eng yirik hududiy aviakompaniya koronavirus sababli inqirozga uchragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:05
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026