Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşiş markazi direktori Yuliy Yusupov Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bölib ötgan «C7 – Jahon iqtisodiyoti va biznes» xalqaro anjumanida ma'ruza qildi.

Iqtisodçi nutqini yakunlagaç, Özbekistonning Jahon Savdo Taşkiloti va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zoligi böyiça talabalarning savollariga javob qaytardi.

«Jahon savdo taşkilotiga kiriş jarayonini 1990 yillarning örtalarida boşlaganmiz. Hozirga qadar kirmaganimiz bu – bizning aybimiz. Gap şundaki, iqtisodiy rivojlanişning öşa vaqtdagi modeli bilan JSTga kiriş imkonsiz edi.

Hozirda muzokaralar olib borilyapti. Yaqin bir neça yil içida JSTga kiriş umidi mavjud. Deyarli barça mamlakatlar bu taşkilotga a'zo bölgan. Biz keçikkanlar 10taligidamiz.

JST tartib-intizomga soladi, mamlakatlarni taşqi savdoning muayyan qoidalariga amal qilişga majbur qiladi. Şuningdek, işlab çiqaruvçilarimizning taşqi bozorlarga çiqişini osonlaştiradi. Bu biz uçun juda muhim, çunki bizda hukumat tartib-intizomli emas. U mahalliy işlab çiqaruvçilarni himoya qiliş borasida ğayriqonuniy yöllarni topişga harakat qiladi. JST bizni ana şu «tuynuk»larni yopişga majbur qiladi.

YeOIIga a'zolik Özbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir körsatadi? Bu murakkab savol. Uning plyus va minuslari bor. Uşbu ijobiy va salbiy jihatlarni keltiriş uçun juda köp vaqt ketadi. Ana şu ijobiy va salbiy jihatlarni taqqoslab çiqayotgan mutaxassislar guruhi işlamoqda.

YeOIIga kiriş-kirmaslik masalasini men JSTga a'zo bölganimizdan keyin kötargan bölardim. Bu ança töğri bölgan bölardi», – degan Yuliy Yusupovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

JSTga kiriş jarayonining qayta boşlanişi

Jahon Savdo Taşkiloti 1995 yil boşidan hozirgi formatiga ötkazilgan, Özbekiston unga a'zo bölib kiriş uçun 1994 yilda ariza bergan – mamlakat hozir kuzatuvçi maqomida. Jahonning 164ta davlati, şu jumladan Qozoğiston, Qirziğiston va Tojikiston ham JST a'zosi sanaladi.

2017 yil noyabrida – prezident Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga taşrifi çoğida mamlakat JSTga kiriş böyiça işlarni qayta boşlagani ma'lum böldi